15 yoshga toʻlmagan bolalar ham ishlashi mumkinmi?

15 yoshga toʻlmagan bolalar ham ishlashi mumkinmi?

Mehnat kodeksi va “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga ko’ra, 15 yoshga to‘lmagan bolalarni doimiy yoki og‘ir ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

 

Ishga qabul qilish yoshi — 16 yosh.

 

15 yoshga toʻlmagan shaxslar ota-ona (yoki vasiy) roziligiga ko’ra, sog‘lig‘iga va o‘qishiga zarar yetkazmaydigan ushbu ro’yxatdagi yengil ishlarda ishlashi mumkin.

 

Masalan:

— Sport, madaniyat va san’at: teatr, kino, konsert, moda yoki reklama loyihalarida;

— Axborot va ijodiy faoliyat: rasm chizish, dizayn, raqamli kontent yaratish, bolalar blogi, tanlov va ijodiy loyihalarda.

 

Ish vaqti cheklovlari:

— 15–16 yoshda — haftasiga 24 soatgacha;
— Agar bola o‘qiyotgan bo‘lsa — haftasiga 12 soatgacha.

 

Muhim: Ish faqat darsdan keyin yoki ta’til paytida amalga oshirilishi lozim.