2030-yilgacha 150 ming oʻrinli talabalar turar joylarini qurish rejalashtirilmoqda

2030-yilgacha 150 ming oʻrinli talabalar turar joylarini qurish rejalashtirilmoqda

Muhokamalar portaliga “2030-yilgacha moʻljallangan taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon loyihasi joylashtirildi.

 

Loyihaga ko‘ra, oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

 

Bunda:

 

– qoʻshimcha 120 ming oʻrinli oʻquv binolarini qurish;

 

150 ming oʻrinli talabalar turar joylarini qurish;

 

– kutubxonalarni kamida 1 million zamonaviy adabiyotlar bilan toʻldirish;

 

– kutubxona fondlaridagi kitoblardan 100 foiz elektron tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish belgilangan.

 

Shuningdek, 2030-yilgacha oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish ham keltirilgan:

 

  • umumiy oʻrta taʼlim maktablari va akademik litsey bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish;
  • bitiruvchilarning oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashish va 1-3 yil davomida mutaxassisligi boʻyicha ishlash koʻrsatkichini 70 foizga yetkazish;
  • umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan taʼminlash ulushini 100 foizga chiqarish;
  • oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim dasturlarini 200 taga yetkazish;
  • “Top-500” reytingiga (QS, THE, ARWU) kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qoʻshma taʼlim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish;
  • 10 ta oliy taʼlim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” (QS, THE, ARWU) oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish;
  • oliy taʼlim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish maqsad qilingan.

 

Avvalroq, ushbu loyihaga muvofiq olis va chekka hududlardagi 715 ta maktab oʻquvchilari uchun bepul avtobuslar yoʻlga qoʻyilishi hamda bog‘cha va maktab pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqi 2 baravar oshirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.