Muhokamalar portaliga “2030-yilgacha moʻljallangan taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon loyihasi joylashtirildi.
Loyihaga ko’ra, 2030-yilgacha pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha ayrim ishlar amalga oshirish belgilangan.
Bunda:
– 500 ming nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish;
– ehtiyoj yuqori boʻlgan yoʻnalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tayyorlangan kadrlar ulushini 17 foizga yetkazish;
– maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqini 2 baravar oshirish.
Avvalroq, Qirg‘izistonda o‘qituvchilar maoshi 100 foizga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.
