2025-yilda dunyoda eng ko‘p so‘zlashiladigan tillar qaysilar?

2025-yilda dunyoda eng ko‘p so‘zlashiladigan tillar qaysilar?

Til global muloqot, madaniyat va iqtisodiy hamkorlikni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ba’zi tillar o‘z ona tili sifatida ko‘p sonli aholi tomonidan so‘zlashilishi sababli ustunlikka ega bo‘lsa, boshqalari esa keng tarqalgan ikkinchi til sifatida global ahamiyat kasb etadi.

 

Tegishli infografikada Ethnologue ma’lumotlariga tayanib, 2025 yilda dunyo tillaridan ona tili sifatida so‘zlashuvchilar va ona tili bo‘lmagan holda (ikkinchi til sifatida) so‘zlashuvchilar ulushi taqqoslangan.

 

Ingliz tili umumiy so‘zlashuvchilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi — dunyo bo‘ylab taxminan 1,53 milliard kishi ingliz tilida so‘zlashadi.

 

Shu bilan birga, faqat taxminan 390 million kishi ingliz tilini ona tili sifatida biladi. Ya’ni, ingliz tilida so‘zlashuvchilarning deyarli 75% uni ikkinchi til sifatida ishlatadi, bu esa ingliz tilini biznes, ilm-fan, texnologiya va xalqaro kasblarda eng muhim muloqot vositasi qiladi. Umuman olganda, Yer shari aholisining taxminan 18,8 foizi ingliz tilida gapiradi, ammo ularning faqat to‘rtdan birigina tilning haqiqiy ona tili egalari hisoblanadi.

 

Shimoliy xitoy yoki mandarinda tili ikkinchi o‘rinda, taxminan 1,18 milliard kishi undan so‘zlashadi. Ingliz tilidan farqli o‘laroq, u asosan ona tili sifatida ishlatiladi: uning so‘zlashuvchilarining 83% dan ortig‘i tilni bolalikdan biladi.

 

Undan keyin hind va ispan tillari keladi — dunyoda eng keng tarqalgan navbatdagi tillar. Hindcha taxminan 609 million kishi gapiradi, bu yerda ona tilida so‘zlashuvchilar va ikkinchi til sifatida ishlatuvchilar nisbati nisbatan muvozanatliroq, bu esa Hindistonning ko‘p tilli xususiyatini aks ettiradi.

 

Ispan tili esa ayniqsa ona tili sifatida keng tarqalgan til sifatida ajralib turadi: ispan tilida so‘zlashuvchilarning deyarli 87% uni birinchi til sifatida ishlatadi. Uning asosiy tarqalish hududlari — Ispaniya, Lotin Amerikasi mamlakatlari va AQShning ayrim hududlari.

 

Bu ma’lumotlar dunyoda tilning nafaqat kommunikatsiya vositasi, balki madaniyat va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.