Maktab o‘quvchisi 1,5 millionta yangi kosmik obyektlarni topdi. Endi NASA u bilan ishlamoqchi

Maktab o‘quvchisi 1,5 millionta yangi kosmik obyektlarni topdi. Endi NASA u bilan ishlamoqchi

Joriy yilning 11-mart kuni Regeneron Pharmaceuticals, Inc. (NASDAQ: REGN) va Science for Society (Jamiyat) tashkiloti Kaliforniya shtati Pasadena shahridan bo‘lgan 18 yoshli Matteo Paz 2025-yilgi ‘‘Regeneron Science Talent Search’’ tanlovida 250 ming dollarlik bosh sovrinni qo‘lga kiritganini e’lon qilgandi. Ushbu tanlov AQShda o‘rta maktab bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan eng qadimgi va nufuzli fan hamda matematika musobaqasi hisoblanadi.

 

84 yil davomida o‘tkazilayotgan ushbu tanlov fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida o‘z iqtidorini namoyon etib, zamonaviy muammolarga innovatsion yechimlar taklif qilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi.

 

2025-yilgisida jami 40 nafar finalist, jumladan Matteo Paz ham, Vashington shahridagi Milliy Qurilish Muzeyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda taqdirlangan. Ular ilmiy izlanishlari, muammolarni hal etishdagi yuqori salohiyati va STEM sohasining kelajagini belgilash imkoniyati uchun 1,8 million dollardan ortiq mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

 

Joriy yil 27-dekabr kuni NASA tashkiloti Administratori Jared Isaacman X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Matteo Pazni ishga taklif qildi.

 

‘‘Matteo, iltimos, NASAda ishlash uchun ariza topshir — men shaxsan o‘zim shartnoma imzolash bonusi sifatida qiruvchi samolyotda uchish imkoniyatini ham taqdim etaman’’, — deb yozgan u.

 

Qiruvchi samolyot – bu asosan havodan havoga jang qilish uchun mo’ljallangan harbiy samolyot.

 

How a new wave of fighter jets could transform aerial combat

 

Tanlov g‘oliblari va ularning loyihalari

 

1-o‘rin — Matteo Paz (18 yosh, Pasadena, Kaliforniya)

 


Mukofot: 250 000 dollar

 


U NEOWISE loyihasining 200 milliarddan ortiq infraqizil osmon ma’lumotlarini tahlil qilish uchun mashinaviy o‘rganish algoritmlarini ishlab chiqdi. Infraqizil nurlanishdagi juda kichik o‘zgarishlarni tahlil qilish orqali sun’iy intellekt obyektlarni 10 toifaga ajratdi va 1,5 millionta yangi potensial obyektni aniqlagan.

 

2-o‘rin — Ava Grace Cummings (18 yosh, Shimoliy Karolina, Smithfield)

 


Mukofot: 175 000 dollar

 


U STAC3 buzilishi yoki tubjoy amerikaliklar miopatiyasi deb ataladigan noyob genetik mushak kasalligini o‘rganish uchun meva pashshasi modeli yaratdi. Tadqiqotlar natijasida oddiy qichitqi o‘ti (yakka holda yoki Tirasemtiv preparati bilan birga) pashshalarning harakatini yaxshilashi aniqlangan.

 

3-o‘rin — Owen Jianwen Zhang (18 yosh, Bellevue, Vashington)

 


Mukofot: 150 000 dollar

 


U 3-uniform gipergraflar deb ataladigan obyektlar haqidagi uzoq yillik matematik muammoni yechdi. Tadqiqot natijalari kompyuter fanlarida qo‘llanishi mumkin.

 

Rasmiy fikrlar

 

Science for Society prezidenti va bosh direktori Maya Ajmera shunday dedi:

 

“Bu yilgi Regeneron Science Talent Search g‘oliblarini tabriklayman. Ushbu o‘quvchilarning ijodkorligi va fidoyiligi kelajagimiz uchun katta umid uyg‘otadi. Ularning ishlanmalari dunyoni o‘zgartirish salohiyatiga ega.”

 

Regeneron kompaniyasi hammuassisi va ilmiy rahbari, 1976-yilgi tanlov g‘olibi George D. Yancopoulos esa shunday ta’kidlagan:

 

“‘‘Science Talent Search’’ hayotimni o‘zgartirdi. Bu yilgi finalistlar — AQShning eng iqtidorli yoshlaridir. Umid qilamanki, bu yutuq sizlarni yanada katta marralarga undaydi.”

 

Boshqa yuqori o‘rinlar

 

  • 4-o‘rin: Logan Lee (18 yosh, Honolulu, Gavayi) — 100 000 dollar

  • 5-o‘rin: Rivka Lipkovitz (18 yosh, San-Fransisko) — 90 000 dollar

  • 6-o‘rin: Melody Heeju Hong (17 yosh, Nyu-York) — 80 000 dollar

  • 7-o‘rin: Kevin Shen (18 yosh, Olympia, Vashington) — 70 000 dollar

  • 8-o‘rin: Minghao Zou (18 yosh, Santa Clara, Kaliforniya) — 60 000 dollar

  • 9-o‘rin: Thanush Patlolla (17 yosh, Cary, Shimoliy Karolina) — 50 000 dollar

  • 10-o‘rin: Ray Zhang (17 yosh, Chantilly, Virjiniya) — 40 000 dollar

 

Shuningdek, Akilan Sankaran (17 yosh, Albuquerque, Nyu-Meksiko) Seaborg mukofoti sovrindori deb topilib, 2025-yilgi finalistlar nomidan nutq so‘zlash uchun tanlangan.

 

Qolgan barcha finalistlarga 25 000 dollardan mukofot berilgan. Umuman olganda, Regeneron jami 3,1 million dollar miqdorida mukofot ajratdi, shu jumladan har bir yetakchi ishtirokchi va ularning maktabiga 2 ming dollardan taqdim etilgan.

 

Ushbu 40 nafar finalist Science Talent Search bitiruvchilarining nufuzli safidan joy oldi. Avvalgi bitiruvchilar orasida Nobel mukofoti, Milliy fan medali va MacArthur stipendiyasi sohiblari ham bor.