2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar oʻquvchining ota-onalari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan

2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar oʻquvchining ota-onalari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan

2025-yilda taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish yoʻnalishida qator ishlar amalga oshirildi.

 

Xususan:

 

– 100 ming nafardan ortiq umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” turnirining Respublika bosqichi oʻtkazildi;

 

– oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi huquq fani oʻqituvchisi», “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovlari oʻtkazildi va gʻoliblar munosib mukofotlandi;

 

– taʼlim muassasalarida zarurat boʻlmagan tadbirlarni oʻtkazishni oldini olish maqsadida “Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi” ishlab chiqildi;

 

– taʼlim muassasalarida har dushanba kuni “Kelajak soati” darslarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi;

 

– 10-11-sinflar mavjud 10 135 ta maktabda (885 752 nafar oʻquvchi) Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqitilmoqda;

 

– 208 ta tuman (shahar)da bittadan “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi va ularga 5 408 nafar (bitta sinfda 26 nafar) oʻquvchi qabul qilindi;

 

– sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar oʻquvchining ota-onalari maʼmuriy javobgarlikka tortildi;

 

– maktab rahbariyati, mahalla faollari hamda ispektor-psixologlar bilan birgalikda 265 ming nafardan ortiq oʻquvchi va ularning ota-onalari bilan suhbat oʻtkazilgan.