Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani 122-maktabning 3 nafar 9-sinf oʻquvchisi tarix fanidan A+ natijani qoʻlga kiritdi.
Tursunmurodova Nilufar – 72.09 ball (A+)
Dustmurodova Marjona – 73.37 ball (A+)
Dusmurodov Kamron – 68.62 ball (A)
Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 – 69,9 ball — A daraja;
60 – 64,9 ball — B+ daraja;
55 – 59,9 ball — B daraja;
50 – 54,9 ball — C+ daraja;
46 – 49,9 ball — C daraja.
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
- A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
- B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
- A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
Avvalroq, andijonlik 11-sinf oʻquvchi 5 ta fandan maksimal darajadagi sertifikatni olib, muddatidan oldin davlat grantini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.
