10-sinf o‘quvchisi IELTS 7 va SAT 1430 ballik xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

10-sinf o‘quvchisi IELTS 7 va SAT 1430 ballik xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Buxoro shahridagi 23-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sultonali Achilov xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishdi.

 

Xususan, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 7.0 ball, akademik salohiyatni aniqlovchi SAT imtihonidan 1430 ball hamda matematika fanidan milliy sertifikat imtihonidan 51.49 (C+) natijani qo‘lga kiritgan.

 

U SAT imtihon qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija ko‘rsatgan:

— Reading and Writing — 660;
— Math — 770.

IELTS imtihonidan esa:

— Listening 8.5;
— Reading 7.0;
— Writing 6,0;
— Speaking 6.5.

 

Avvalroq, Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-sinf o‘quvchisi Samandar Rasuljonov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ball natijani qayd etganligi haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, Talimxabarlari.uz sayti jurnalisti IELTS dan 9.0 ball olgan o’zbek qizi Nozima Qadamova bilan suhbat o‘tkazgan edi.