Milliy sertifikat uchun qilingan to‘lovni qaytarib olish mumkinmi?

Milliy sertifikat uchun qilingan to‘lovni qaytarib olish mumkinmi?

Savol: Men matematika fanidan milliy sertifikatga to‘lov qilgan edim, kasal bo‘lib qolganligim uchun qilgan toʻlovimni qaytarib olishim mumkinmi?

 

Javob: Ha mumkin, ariza berish kerak boʻladi.

 

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida talabgor uzrli sabablarga koʻra malaka imtihonida ishtirok eta olmaydigan boʻlsa yoki ishtirok etmasa, malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan 3 kundan kechikmay my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

 

Bunda, faqat Bilim va malakalarni baholash agentligi hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlov miqdori talabgorga qaytariladi (toʻlov amaldagi elektron tizim orqali amalga oshirilganda, koʻrsatilgan xizmat uchun undirilgan yigʻimdan tashqari). Talabgorga xizmat koʻrsatilishi uchun Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga kelib tushgan pul miqdori qaytarilmaydi.

 

Uzrli sabab sifatida:

 

— talabgorning betobligi;

 

— xizmat safarida bo‘lganligi;

 

— oila a’zolarining vafot etganligi kabi hayotiy vaziyatlarni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilishi (ilova qilinishi) kerak.

 

Talabgor belgilangan malaka imtihoniga kechikkan yoki uzrsiz sababga koʻra kelmagan hamda malaka imtihoni qoidalarini buzganlik uchun auditoriyadan chiqarib yuborilgan taqdirda amalga oshirilgan toʻlov talabgorga qaytarilmaydi.