Endi maktab oʻqituvchilariga dars soatlari yangi tartib asosida taqsimlanadi

Endi maktab oʻqituvchilariga dars soatlari yangi tartib asosida taqsimlanadi

2026-yildan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tizimida bir qancha yangiliklar amalga oshiriladi. Jumladan:

 

–  taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi:

 

– maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi lavozimiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-tarbiyachilar va maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

 

– yangi raqamli platforma ishga tushiriladi hamda texnikum bitiruvchilarining kasbiy koʻnikmalari haqidagi barcha maʼlumotlar joylashtiriladi.

 

2026-yil 1-avgustdan boshlab:

 

– umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga dars soatlari belgilangan yangi tartib asosida taqsimlanadi:

 

2026-yil 1-sentabrdan boshlab:

 

– menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan maktab maslahatchilariga sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi.

 

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

 

– kelgusi oʻquv yilida davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

 

– muhandislik maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish boshlanadi hamda bir sinfda oʻquvchilar soni 24 nafar, umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi;

 

– Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialida taʼlim faoliyati boshlanadi;

 

– Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi;

 

– Nizomiy nomidagi Oʼzbekiston milliy pedagogika universiteti boshqaruv tizimi takomillashtiriladi va xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etib boriladi, xususan “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.