Oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan talabalar harbiy xizmatga borib kelishi mumkinmi?

Oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan talabalar harbiy xizmatga borib kelishi mumkinmi?

Oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi.

 

Ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladi.

 

Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgust oylarida jalb etiladi.