Xususiy oliygoh talabalari soni 716 mingga yetdi

Xususiy oliygoh talabalari soni 716 mingga yetdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngrotboy Sharipovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti eshitildi.

 

Unga koʻra, tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha hujjat talab qilmaslik, ularning vaqt hamda mablagʻini sarflashni kamaytirish uchun tartib taomillarini soddalashtirish, tegishli hujjatlarni berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali shaffoflikni taʼminlashga erishilgan.

 

Shuningdek, litsenziya uchun talabgorlar tomonidan topshiriladigan hujjatlar soni qisqartirilgan.

 

“Hozirgi kunda litsenziyalash jarayonlarining barcha bosqichlari raqamlashtirilib, litsenziya axborot tizimi orqali amalga oshirib kelinmoqda. Natijada nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari 74 taga, ulardagi talabalar soni esa 716 mingga yetdi. Bu taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini mustahkamlash, zamonaviy taʼlim dasturlarini joriy etish hamda xorijiy tajribani keng qoʻllash imkonini yaratadi” — dedi vazir.