Sergeli tumani sobiq hokimi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlanganligi aytilmoqda

Sergeli tumani sobiq hokimi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlanganligi aytilmoqda

Aytishlaricha, Sergeli tumani sobiq hokimi Shukurov Elbek Habibullayevich — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

Elbek Habibullayevich Shukurov — 1988-yil 18-martda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2009-yil Toshkent agrar universitetini bakalavriat bosqichini tamomlagan. Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining aʼzosi.

 

Ilk faoliyatini 2005-yilda Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatida boshlagan. 2013—2015-yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida ishlagan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boʻlgan. 2017-yilning iyulidan 2018-yil avgustgacha Yoshlar ittifoqining Toshkent kengashini boshqargan. Toshkent hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. 2018—2020-yillarda Toshkent shahar hokimining ijtimoiy rivojlantirish, yoshlar siyosati va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-yilda  O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari boʻlgan.

 

2020-yil 25-avgustdan to hozirgi kungacha Sergeli tuman hokimi sifatida faoliyat yuritgan.