Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining joriy yil 6-oktyabrdagi 3515-1 qaroriga asosan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari pedagoglariga B2 va undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi.
Qarorga ko‘ra, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi.
Bundan koʻrish mumkinki faqat umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun amal qiladi.
Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari xorijiy tillar oʻqituvchilarini ishga qabul qilishda inobatga olinmaydi.
Oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ularning mashgʻulot olib boruvchi faniga mos boʻlishi lozim.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy tillar oʻqituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatga ega boʻlishi lozim.
