Fizika, tarix va biologiyadan milliy sertifikat sinovlariga ro‘yxatdan o‘tish 26-dekabrda yakunlanadi

Fizika, tarix va biologiyadan milliy sertifikat sinovlariga ro‘yxatdan o‘tish 26-dekabrda yakunlanadi

2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan umumtalim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi.

 

2026-yilda biologiya, fizika va tarix fanlaridan o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish joriy yil 26-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. To‘lovlar esa 27-dekabrga qadar davom etadi.

 

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

 

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va o‘tkaziladigan sanalar quyidagi rasmda keltirilgan.

 

Umumta’lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari jadvali e’lon qilindi