Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutdi.
Dilafro‘z 2008-yil 1-aprelda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Ayni damda u Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. Uning yutuqlari talaygina.
SAT xalqaro imtihonidan 1540 ball, xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritgan. Asosiy fan olimpiadasida ingliz tilidan Farg‘ona viloyatida 1-o‘rin hamda nemis tili multilevel imtihonidan B2 daraja olgan. Shuningdek, u maktabdagi eko-qo‘mita sardori, Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkillangan Hogwarts yozgi oromgohi ikki karra qatnashchisi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi yarim-finalisti, Harvardning HPAIR konferensiyasiga qabul qilingan, Technovation Girls xalqaro tanlovining o‘quvchilar vakili va UNESCO tomonidan tashkillangan “Be an explorer” tanlovi finalisti.
Dilafro‘z Sobirova “Raqamli avlod qizlari” loyiha tanlovida o‘zining “EcoHelp” deb atalgan loyihasi bilan faol ishtirok etgan.
Quyidagi videoda Dilafro’zning Garvardga o’qishga kirgani haqidagi xabarni ko’rganidagi emotsiya va xursandchiligini ko’rish mumkin:
