Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida jami 2,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Yaponiyaga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16,2 foizga oshgan.
Joriy yilning 11 oyida Yaponiyaga borgan Oʻzbekiston fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 2,2 ming nafar, qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida 294 nafar, oʻqish uchun 137 nafar, xizmat yuzasidan 58 nafar hamda davolanish maqsadida 4 nafar fuqaro safar qilgan.
Shuningdek, mazkur davrda Oʻzbekistonga qariyb 30 ming nafar Yaponiyaliklar turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Yaponiyalik turistlar soni avvalgi yilning mos davriga nisbatan 41,1 foizga koʻpaygan.
Yaponiyaliklarning safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 27,6 ming nafarni tashkil etgan. Shuningdek, qarindoshlarni yoʻqlash — 1,5 ming nafar, xizmat yuzasidan — 784 nafar, oʻqish — 71 nafar, tijorat maqsadida — 1 nafar tashrif qayd etilgan.
Avvalroq, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 2,3 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida Turkiyaga safar qilganligi haqida xabar bergan edik.
