SAT (Scholastic Assessment Test) — bu akademik baholash testi hisoblanadi. AQSh va dunyoning koʻplab nufuzli universitetlarining bakalavriat dasturlariga kirish uchun talabalar topshiradigan standartlashtirilgan imtihon boʻlib, ularning mantiqiy fikrlash, matematika, oʻqish va yozish boʻyicha bilimlarini baholaydi.
PrepScholar kompaniyasining hammuassisi va mahsulot dizayni bo‘yicha rahbari Allen Cheng SAT/ACT imtihonlariga tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis.
U Harvard universitetini summa cum laude (eng yuqori darajadagi a’lo baho bilan) tamomlagan hamda SAT imtihonidan ikki marta mukammal natija ko‘rsatgan (2004-yilda 1600 ball, 2014-yilda 2400 ball), shuningdek ACT imtihonidan ham maksimal ball olgan. Quyida SAT olmoqchi yoki darajasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun o‘z tajribasi asosida maslahatlari bilan bo‘lishdi.
SAT ‘‘Reading and Writing’’ bo‘limidan 300–500 oralig‘ida ball olayotgan bo‘lsangiz, yolg‘iz emassiz — yuz minglab o‘quvchilar aynan shunday natija ko‘rsatmoqda. Ammo ularning ko‘pchiligi 600 yoki undan yuqori ballga qanday chiqishni bilmaydi.
Ushbu maqolada SAT Reading (o‘qish) va Writing (yozish) bo‘limidagi natijani qanday yaxshilash mumkinligi keltiriladi. Quyidagi 8 ta strategiyani amalda qo‘llasangiz, SAT Reading va Writing balingizni sezilarli darajada oshirishingiz mumkin.
Qisqa eslatma: bu maqola Reading va Writing bo‘limidan 600 balldan past natija olayotganlar uchun mo‘ljallangan. Agar siz allaqachon 600 dan yuqori ball olayotgan bo‘lsangiz, unda mukammal SAT Reading haqidagi boshqa maqola sizga mosroq bo‘ladi.
Ushbu maqolada nimalar haqida gaplashamiz?
Avvalo, yuqori ball olish nega muhim ekanini tushuntiramiz, keyin 600 ball olish uchun nimalar talab etilishini ko‘rib chiqamiz va shundan so‘ng SAT Reading va Writing bo‘yicha aniq maslahatlar va strategiyalarga o‘tamiz.
Bu jarayon uy qurishga o‘xshaydi: avval poydevor, keyin devorlar, so‘ng derazalar. Xuddi shunday, strategiyalarga o‘tishdan oldin nega va nima uchun bularni qilayotganingizni tushunib olishingiz kerak.
E’tibor bering: asosiy maqsad — 600 ball.
SAT Reading va Writing’dan 600 ball olish: nega bu muhim?
Bu ball oralig‘ida natijani 600 yoki undan yuqoriga ko‘tarish sizning yaxshi universitetlarga kirish imkoniyatingizni keskin oshiradi.
Masalan, Penn State Universityni olaylik:
-
O‘rtacha SAT balli: 1265
-
25 foizli ko‘rsatkich: 1220
-
75 foizli ko‘rsatkich: 1380
-
Qabul darajasi: 55%
Agar siz 1110 atrofida ball olsangiz, qabul qilinish ehtimoli 25% ga tushib ketadi. Ammo balingizni 1370 ga ko‘tarsangiz, bu ehtimol 75% ga chiqadi.
Ayniqsa, gumanitar va til yo‘nalishlariga topshirayotgan bo‘lsangiz, Reading va Writing bo‘limi juda muhim. Bu yo‘nalishlar sizdan yozma va tahliliy fikrlash qobiliyatini talab qiladi. Past ball esa sizning akademik tayyorgarligingizga shubha uyg‘otadi.
Xulosa: SAT ballini oshirish — universitetga kirish ehtimolini oshirishning eng samarali yo‘li.
SAT Reading va Writing ballingizni oshira olishingiz mumkin
Bu shunchaki ruhlantiruvchi gap emas — bu real haqiqat.
SAT bali:
-
sizning IQ darajangiz emas;
-
maktab baholaringiz emas;
-
o‘qituvchingiz bergan eski baho emas.
SAT — bu o‘ziga xos test. U maktabdagi topshiriqlarga o‘xshamaydi. U sizning bilimni yangi, notanish vaziyatda qo‘llay olish qobiliyatingizni sinaydi. Va bunga tayyorlanish mumkin.
SAT Reading va Writing sizni chalg‘itish uchun yaratilgan
SAT savollarida ko‘pincha:
-
2–3 ta javob birdek to‘g‘ridek tuyuladi;
-
siz taxmin qilasiz;
-
va natijada xato qilasiz.
Bu tasodif emas — SAT aynan shunday tuzilgan.
Ingliz tili darslarida:
-
fikr bildirish;
-
dalil keltirish;
-
erkin yozish muhim.
SAT esa:
-
har bir savolda faqat bitta mutlaqo to‘g‘ri javob bo‘lishini talab qiladi.
Agar 2 ta javob to‘g‘ri bo‘lsa, test ishonchliligini yo‘qotadi. Shu sababli SAT savollari tanlab chalg‘itish usulida yoziladi.
SAT Reading’dagi “tuzoqlar”
Savollar ko‘pincha shunday boshlanadi:
-
Muallif qaysi fikrga ko‘proq qo‘shiladi?
-
Birinchi paragrafning asosiy vazifasi nima?
-
20-qatordagi “dark” so‘zi nimani anglatadi?
Bunday iboralar sizni ikkilanishga majbur qiladi. Agar bu tuzoqlarni o‘rganmasangiz — xato qilasiz.
SAT Writing’dagi “tuzoqlar”
Writing bo‘limida:
-
ega–kesim mosligi;
-
olmoshlar;
-
tinish belgilar sinovdan o‘tkaziladi.
Masalan:
The commissioner, along with his 20 staff members, run a tight campaign.
Xato nimada?
-
Ega: commissioner (yakka)
-
Fe’l: run (ko‘plik)
To‘g‘risi: runs
SAT ataylab “20 staff members” bilan sizni chalg‘itadi.
Lekin, bu tuzoqlarni o‘rganib olish mumkin.
SAT Reading va Writing balini oshirish uchun 7 ta strategiya
1-strategiya: Har bir xatoni chuqur tahlil qiling
Xatoni tushunmasangiz — u yana takrorlanadi.
Har bir testda:
-
ishonchingiz 80% dan past bo‘lgan savollarni belgilang,
-
noto‘g‘ri va shubhali savollarni alohida daftarga yozing,
-
nima sabab xato qilganingizni yozib chiqing.
2-strategiya: Testda nima tushishini tahmin qiling
SAT bir xil turdagi savollarni qayta-qayta beradi.
Masalan:
-
tinish belgilari — eng ko‘p uchraydi,
-
murakkab lug‘at yodlash shart emas,
-
kontekstdagi ma’no muhim.
3-strategiya: Zaif tomonlaringizni toping va mashq qiling
Kuchli joylarni emas, zaif joylaringiz bilan ishlang. SAT tayyorgarligi huddi “teshik kemani yamash”ga o‘xshaydi.
4-strategiya: Faqat sifatli materiallardan foydalaning
Rasmiy SAT testlari — eng ishonchli manba.
Sifatsiz testlar:
-
noto‘g‘ri ko‘nikma shakllantiradi,
-
vaqtni behuda ketkazadi.
5-strategiya: Eng qiyin savollarni o‘tkazib yuboring
600 ball uchun:
-
taxminan 12 ta savolni o‘tkazib yuborish mumkin.
30 soniyadan ortiq vaqt ketsa — keyingisi o‘ting.
6-strategiya: “G‘alati eshitiladi” degan asosda tanlamang
SAT grammatikasi:
-
kundalik nutqdan farq qiladi,
-
lekin to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
7-strategiya: Bilmasangiz ham taxmin qiling
Noto‘g‘ri javob uchun jarima yo‘q.
-
1 variantni chiqarib tashlasangiz — imkoniyat 33%
-
hech narsani bilmasangiz ham — 25%
Xulosa qilib aytganda, agar siz:
-
350 → 500
-
470 → 600 ga chiqmoqchi bo‘lsangiz, bu strategiyalar yetarli.
Asosiysi:
-
xatolaringizni yashirmang;
-
ularni muntazam tahlil qiling;
-
zaif tomonlaringizni ishlang.
