Oʻqituvchilar uchun qanday imtiyozlar belgilangan?

Oʻqituvchilar uchun qanday imtiyozlar belgilangan?

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻqituvchi va pedagoglar uchun bir qancha imtiyozlar belgilangan. Xususan:

 

Bolalarga taʼlim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

 

Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq toʻlanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.

 

Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

 

Maktab oʻqituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari  asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.

 

Fan olimpiadasi gʻolibini tayyorlagan oʻqituvchilar ragʻbatlantiriladi.

 

Oʻqituvchilar kasal boʻlib qolganida moddiy yordam beriladi.

 

Olimpiada gʻolibi boʻlgan oʻqituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi. 

 

“Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi gʻolibi boʻlgan maktabga yarim milliard soʻm beriladi.

 

Inklyuziv sinf oʻqituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

 

Olis hududlarda dars berayotgan oʻqituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

 

Matematika,  fizikakimyo va biologiya fanlari  boʻyicha xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagan professor-oʻqituvchilarga pul mukofoti beriladi.

 

Koʻp yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

 

Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.

 

Respublika fan olimpiadasi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar malaka toifasi bir pogʻona oshiriladi.

 

Tibbiyot sohasi professor-oʻqituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi.

 

Oʻqituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

 

Avvalroq, bahorgi attestatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanishiga 15 kun qolganligi haqida xabar bergan edik.