Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri 8-may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida vaziri oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi 56,7 minimal o‘tish balli 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilayotganiligini ma’lum qilgan edi.

 

 

Vazir “O‘zbekiston24” telekanaliga bergan interyusida ham 2024-2025 oʻquv yili uchun oʻtish ballari:

 

–  sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball;

–  boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanishini ma’lum qilgan.

 

Tahririyatimiz tomonidan “Minimal o‘tish balli 56,7 ball bo‘lishi kerak (mi)?” mavzusida fuqarolarning fikrini bilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. 10 mingdan ortiq kishi qatnashgan so‘rovnomada 51 fozi (5 610) 56,7 ball va 43 foizi (4 730) esa 66,5 ball bo‘lishini tasdiqlashgan. Shuningdek, ishtirokchilarning 7 foizi (900) esa, aniq javob berishga qiynalishini bildirishgan.

 

Bundan tashqari, ushbu so‘ro‘vnomada turli fikrlar qarama-qarshiligi ham bo‘ldi. Jumaladan,

Minimal ball yo‘nalishiga qarab ball belgilanishi kerak. Ball qancha past bo‘lsa savodsizlar ko‘payadi va buning oqibatida davlat rivojlanmaydi.

 

189 ballni 30 % foizini ham to‘play olmasak, qanday o‘z sohamizni yetuk mutaxassisi bo‘lamiz. Bu gapim ko‘pchilikka yoqmasligi mumkin, ammo bu borishda ertaga farzandlarimiz 10 ball ham to‘play olmay qoladi.

 

Tibbiyot va huquq yo‘nalishlariga minimal o‘tish balli balandroq bo‘lgani yaxshi. Chunki ushbu soha vakillariga inson hayoti topshiriladi. Fikrimcha, uUshbu yo‘nalishlar uchun o‘tish balli 120 bo‘lishi kerak.

 

O‘tish balli bo‘lishi kerak emas. Eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchining hammasi o‘qishga kirishi kerak. Hamma imtiyozlar bekor qilinib, imtihonda hamma bir xil imkoniyatga ega bo‘lishi kerak
– kabi fikrlar ham bo‘ldi.

 

Eslatib o‘tamiz, hali minimal o‘tish ballini oshirilish qarori taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bayoni bilan tasdiqlanmagan. Agar OTMlarga kirishdagi minimal o‘tish balli oshirilsa ushbu balldan kam to‘plaganlar davlat oliy ta‘lim tashkilotlariga tabaqalashtirilgan (super) kontrakt asosida ham qabul qilinmaydi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры