Chet tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari bugundan boshlandi

Chet tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari bugundan boshlandi

2025-yil 2-yarim yillikning ingliz, nemis, arab, fransuz, turk, yapon (B2, C1), fors (B2, C1) va hindiy (B2, C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi.

 

Ushbu sinovlar uchun ro‘yxatdan o‘tish 29-noyabrgacha, to’lov qilish esa 30-noyabrgacha bo‘lgan edi.

 

Imtihonning yozma qismi — 13-15-dekabr kunlari;

 

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 8-yanvarga qadar (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

 

Talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining ‘‘Mening arizalarim’’ bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

 

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

 

Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

 

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limi
  • Manzil:  Nukus To’rtko’l avtomagistrali shossesi, 53/2-uy.
  • Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://yandex.uz/maps/-/CHsVFM4F

 

Andijon viloyati:

 

Imtihonning yozma qismi:(1-bino)

 

  • Joy nomi: Andijon davlat universiteti (Ma’ruzalar zali).
  • Manzil: Andijon shahri Universitet ko‘chasi 129-uy.

 

Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/rT6Zh7reo62Hy6At8

 

Imtihonning yozma qismi:(2-bino)

 

  • Joy nomi: Andijon davlat chet tillari instituti (INYAZ).
  • Manzil: Andijon shahar, Bobur shox ko’chasi 5-uy.

 

Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/rvTm9rmzWUQJoVar6

 

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:

 

  • Joy nomi: Andijon davlat universiteti akademik litseyi.
  • Manzil: Andijon shahri Universitet ko’chasi 129-«A» uy (Mo‘ljal: Andijon davlat universiteti).
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/Ezm1gbypoBCpPHaF7

 

Namangan viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

 

  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
  • Manzil: Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY Yoshlik ko‘chasi 92-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA

 

Farg‘ona viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

 

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Fargʻona viloyati bo’limi binosi.
  • Manzili: Farg‘ona shahar «Ilg’or» MFY Farovon turmush ko’chasi 422/3-uy (“EKO shahar”)
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/oeFGkbHiZJKjKxMw5

 

Buxoro viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

 

  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
  • Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY.
  • Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/5k8Cnn4yzQNjQ3f4A

 

Xorazm viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

 

  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi.
  • Manzili: Urgаnсh tumani Yuqоri Dо‘rmаn «Yuqoriovul» MFY O‘zbekiston shohko‘chasi 2/2-uy.
  • Mo‘ljal: Urganch tumanidagi 48-maktab yonida.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://yandex.uz/maps/-/CLAKFLjz

 

Surxondaryo viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

 

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo’limi binosi.
  • Manzili: Termiz shahri «Tinchlik» mahallasi Shodiyona ko’chasi 1A-uy.
  • Mo‘ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi yoni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/UxekcDhjQgt5pGUd7

 

Qashqadaryo viloyati:

 

Imtihonning yozma qismi: (1-bino)

 

  • Joy nomi: Qarshi davlat texnika universiteti (sobiq Qarshi qishloq xo‘jalik kolleji binosi)
  • Manzili: Qarshi shahri Xonobod shoh ko‘chasi 19-uy.
  • Mo‘ljal: Orzu bozor ko‘chasi.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/v1sVLhMAykiPRL2b7

 

Imtihonning yozma qismi: (2-bino)

 

  • Joy nomi: Qarshi davlat texnika universiteti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti (sobiq Axborot texnologiyalari kolleji) binosi
  • Manzili: Qarshi shahar Mustaqillik shoh ko‘chasi 226-uy.
  • Mo‘ljal: Nasaf markaziy stadioni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/U6xMNorDmMgrghfq7

 

Imtihonning yozma qismi: (3-bino)

 

  • Joy nomi:  Turon universiteti tibbiyot fakulteti binosi.
  • Manzili: Qarshi shahar Ko’chabog’ ko’chasi 17-uy.
  • Mo‘ljal: Mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti akademik litseyi.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/NdRUbsGWLW7KDNXQA

 

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:

 

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qashqadaryo viloyati bo’limi binosi.
  • Manzil: Qarshi shahar, Buyuk Turon MFY, Buyuk Turon (Maxtumquli) ko’chasi, 10-v-uy.
  • Mo‘ljal: Qarshi xalqaro Aeroport yo‘li, «Smart» telivizor zavod yoni hamda Qarshi shahar 24-umumta’lim maktab ro‘parasi.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/XCmD1curQjygAwzXA

 

Jizzax viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

 

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limining yangi binosi (Sayxandagi «Yangi O‘zbekiston» massivida qurilayotgan yangi uylar oldida).
  • Manzili: Sh.Rashidov tumani «Oqtosh ota» MFY «Yangi O‘zbekiston» massivi.
  • Mo‘ljal: M39 avtomagistrali yoqasidagi yangi qurlilgan uylar va binolar yonida.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/zxi8CkZQ36ujLBUX7

 

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

 

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo’limi binosi.
  • Manzil: Navoiy shahar “Yoshlik” MFY hududida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi.
  • Mo‘ljal: Yangi bozordan Narpay markaziga qarab yurishda Metan gaz quyish shahobchasi yonida
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/2wstuY31FVL4LZnc8

 

Samarqand viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

 

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limining yangi binosi
  • Manzil: Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani «Kamolot» mahallasi Irteshar ges ko’chasi 5-A uy.
  • Mo‘ljal: Samarqand shahar (super) kimyogarlar shaharchasi yonida joylashgan.  Sobiq «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o‘tib.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q
  • Tel: +998990916529

 

Sirdaryo viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

 

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi binosi.
  • Manzil: Guliston shahri 4-mavze «Buyuk kelajak» massivi.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/f6Pg63aVX1jAF3WJ8

 

Toshkent shahri:

 

Imtihonning yozma qismi:(1-bino)

 

  • Joy nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-binosi (kirish Muqimiy teatri tomonidan).
  • Manzili: Toshkent shahri Chilonzor tumani I.Karimov ko‘chasi 49-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/7sjPcbJqS3WAN1f18

 

Imtihonning yozma qismi:(2-bino)

 

  • Joy nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 4-binosi (kirish Muqimiy teatri tomonidan).
  • Manzili: Toshkent shahri Chilonzor tumani I.Karimov ko‘chasi 49-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/oh4VL87jWKM9b4XT6

 

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:

 

  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi).
  • Manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/ScWPG6v9bRw3ggeN7

 

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

 

Talabgorlarni imtihon o’tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.

 

Avvalroq, 15-16-noyabr kunlari ingliz, nemis, arab, turk, ispan (B2, C1), xitoy (B2, C1), urdu (B2, C1), pushtu (C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tgan edi.