Umumta’lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari jadvali e’lon qilindi

Umumta’lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari jadvali e’lon qilindi

Umumtalim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari jadvali elon qilindi.

 

Umumtalim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi.

 

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

 

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar quyidagi rasmda keltirilgan.

Umumta’lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari jadvali e’lon qilindi

 

Avvalroq, ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar ro‘yxati yangilangani haqida xabar bergan edik.