“University of Business and Science” iqtidorli yoshlarga keng imkoniyatlar yaratmoqda - Ta’lim xabarlari
“University of Business and Science” iqtidorli yoshlarga keng imkoniyatlar yaratmoqda

“University of Business and Science” yurtimizda o‘zining yuqori nufuziga ega bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan biri hisoblanadi.

 

Oliygoh oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishini yaratib, innovatsion ta’lim asosida zamonaviy bilimga ega yuqori malakali, professional lider kadrlar tayyorlash va ularni jamiyatga implementatsiya qilishni maqsad qilgan.

 

Mazkur universitetga vakolatli davlat organi tomonidan litsenziya berilgan va diplomi davlat oliy ta’lim muassasalari qatori O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda 100 foiz tan olinadi.

 

 

 

Bugungi kunda universitetda bakalavriatning 33 ta yoʻnalishi, magistraturaning 6 ta mutaxassisligi boʻyicha oʻquv jarayonlari bevosita amaliyot bilan bogʻlangan holda olib borilmoqda.

 

Shuningdek, ushbu bosqichlarni bitirgan talabalar universitetda doktoranturaning 5 ta ixtisosligi boʻyicha ilmiy ishlanmalari va tadqiqotlarini davom ettirishlari mumkin.

 

Bakavriat yo‘nalishlari:

 

– Buxgalteriya hisobi va moliya bo‘yicha bakalavr darajasi

– Axborot tizimlari va texnologiyalari

– Boshlangich taʼlim

– Iqtisodiyot

– Maktabgacha taʼlim

– Pedagogika va psixologiya

– Filologiya va tillarni o‘qitish

– Tarix

– O‘zbek tili va adabiyoti

– Soliqlar va soliqqa tortish

– Moliya va moliyaviy texnologiyalar

– Bank ishi

– Menejment

– Turizm va mehmondo‘stlik

– Maxsus pedagogika

– Tarix

– Psixologiya

– Buxgalteriya hisobi

– Marketing

– Inson resurslarini boshqarish

– Geodeziya va geoinformatika

– Kompyuter injiniringi

– Statistika

– Biznesni boshqarish

– Biologiya

– Energetika muhandisligi

– Arxitektura

– Tarix

– Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti

– Dizayn

– Marketing

– Kimyo

– Axborot xavfsizligi

 

Magistratura mutaxassisliklari:

 

– Pedagogika

– Xorijiy til va adabiyoti

– Iqtisodiyot

– Tarix

– Kompyuter tizimlari va ularning ta’minoti

– Lingvistika

 

Doktorantura ixtisosliklari:

 

– 07.00.01 – O‘zbekistan tarixi

– 08.00.05 – Xizmat koo‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti

– 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit

– 08.00.13 – Menejment

– 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi

 

 

Universitet o‘zining zamonaviy o‘quv kampuslari, malakali professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari bilan faxrlana oladi.

 

 

 

Universitetning yangidan qurilgan binosidagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalarida yoshlarga professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda.

 

 

 

 

Universitet kutubxonasi, turli elektron resurslarga boy bazaga ulangan kompyuter xonalari, tibbiyot xonasi, talabalar mustaqil o‘qib shug‘ullanishlari, sport bilan shug‘ullanishlari, dam olishlari va o‘zaro fikr almashib ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 

 

 

Shuningdek, universitet uzoq hududlarda kelgan talabalarning yashashi, darslardan keyin hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar bilan ta’minlangan shinam yotoqxonasiga ega.

 

 

 

Bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan oliy taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar qamrovini kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish va ularni moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash ga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Mazkur islohotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, vodiy viloyatlari bo‘ylab sovrin jamg‘armasi 4 mlrd so‘mni tashkil qiladigan “University of Business and Science” fan olimpiadasi tashkil etib kelinmoqda.

 

O‘tgan yili 10 mingga yaqin o‘quvchilarini jalb qilgan olimpiada bu yil 15 mingdan ziyod maktab bitiruvchilarini qamrab oldi.

 

G‘oliblar UBSning 4 yilgacha beriladigan grant kvotalari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

Bundan tashqari yoz mavsumida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yurtimizdagi iqtidorlarni aniqlash va ularning yetuk kadrlar boʻlib shakllanishlariga koʻmaklashish maqsadida Namangan shahridagi “University of Business and Science” tomonidan Fargʻona, Namangan, Andijon, Xorazm, Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida “UBS Intellekt shou” madaniy-maʼrifiy tadbirlari o‘tkazildi.

 

Unda Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova, Elmurod Haqnazarov, Jahongir Xoʻjayev, Bobur Shavkatov, Xamdam Sobirov, Afruza, Mirjalol Neʼmatov va Shohruxbek Ergashev kabi taniqli yulduzlar tomonidan turli koʻngilochar dasturlar namoyish qilindi.

 

 

 

Intellektual oʻyinda nufuzli oliygoh talabasi boʻlishni maqsad qilgan abituriyentlar saralab olindi va ular loyiha tashkilotchisi “University of Business and Science” tomonidan grantlar, vaucherlar va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

 

Xususan:

 

1-oʻrin — UBSʼga 2 yillik grant va noutbuk

2-oʻrin — UBSʼga 1 yillik grant va planshet

3-oʻrin — UBSʼga 1 semestrlik grant va planshet

4-oʻrin — UBSʼga 2 mlnlik vaucher

5-oʻrin — UBSʼga 1 mlnlik vaucher va qimmatbaho sovgʻalar.

 

 

 

Taʼkidlash lozimki, bu kabi konsert dasturlari UBS tomonidan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarning birinchisi emas.

 

Xususan, abituriyentlar universitetda 2024-2025-oʻquv yili uchun eʼlon qilingan 300 ta taʼlim granti dan birini qoʻlga kiritish mumkin.

 

Bilimli va ijtimoiy faol talabalar uchun yillik stipendiya ham ajratilgan.

 

Ichki imtihondan yuqori ball toʻplagan va kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga 1 mln, 2 mln va 3 mln soʻmlik vaucherlar topshiriladi.

 

Bundan tashqari, Ingliz tilidan til bilish sertifikatiga ega abituriyentlar kunduzgi taʼlim shakliga imtihonsiz — suhbat asosida talabalikka qabul qilinadi.

 

Bilamizki, Ta’lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarori bilan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o’qishga kirishda imtiyoz beradigan umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan.

 

Bunga ko‘ra, talabgorga umumta’lim fanlarini bilish darajasiga qarab A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

 

“University of Business and Science” oflayn imtihonlarida umumta’lim fanlaridan A+, A va B+ darajali sertifikat bilan ishtirok etgan abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

 

Umumta‘lim fanlarini bilish darajasiga qarab abituriyent UBS tomonidan turli xil yo‘llar bilan rag‘batlantiriladi:

 

A+ darajali talabgorga — 3 mln so‘mlik stipendiya va 1 mln so‘mlik vaucher;

A darajali talabgorga — 3 mln so‘mlik vaucher;

B+ darajali talabgorga — 2 mln so‘mlik vaucher taqdim qilinadi.

 

Universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar bu bilan cheklanmaydi. Oliygohda bir oiladan 2 yoki undan ortiq yaqin qarindoshlar (aka-uka, opa-singil yoki er-xotinlar) o‘qisa, ta’lim shaklidan qat’iy nazar talabalikka tavsiya etilgan barcha a’zolar umumiy to‘lanadigan kontrakt summasidan 10 foiz chegirmaga ega bo‘ladi.

 

 

“Family” dasturi shartlari:

— Talabalikka qabul qilingan yoki tahsil olayotgan bo‘lishi (kursidan qat’iy nazar);

— Bir oilaning ikki yoki undan ortiq a’zosi bo’lishi;

— Yaqin qarindoshlar (aka-uka, opa-singil, aka-singil, opa-uka yoki er-xotin) bo‘lishi kerak;

— 10%lik chegirma kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shakli uchun amal qiladi;

— Talabalikka qabul qilingan oila a’zolari umumiy to‘lanishi lozim bo‘lgan kontrakt summasidan 10% chegirma beriladi;

— Ushbu chegirma hech qanday shartlarsiz har bir o‘quv yili uchun amal qiladi.

 

Universitetda talabalarni ilmga yoʻnaltirish, tadqiqotchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Germaniya, Rossiya, Malayziya, Indoneziya kabi rivojlangan davlatlar qatorida Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi qardosh mamlakatlardagi yetakchi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.

 

 

 

Bu orqali universitet talabalariga xorijning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot, moliya, bank, axborot texnologiyalari, filologiya va pedagogika kabi zamonaviy yoʻnalishlardan birida  grant dasturlari, stipendiyalar egasiga aylanish, xorijiy universitetlarda amaliyot oʻtash va eng muhimi, muvaffaqiyatli karyera qilish uchun yetarli imkoniyatlar yaratiladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

 

+998781132626

 

+998907894242

 

Universitet veb sayti: https://ubsu.uz

 

Telegram-kanal: https://t.me/ubsuzbekistan

 

Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, Zarbdor MFY, Beshkapa ko‘chasi, 111-uy,

 

Namangan viloyati, Namangan shaxri, Obi-hayot MFY, Nodim Nomongoniy koʻchasi, 5-uy

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры