Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi 2024-yilning birinchi yarmida amalga oshirgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan brifing tashkil etildi - Ta’lim xabarlari
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi 2024-yilning birinchi yarmida amalga oshirgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan brifing tashkil etildi

Joriy yilning 25-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan brifing tashkil etildi.

 

Unda Taʼlimni rivojlantirish markazi boʻlim boshligʻi Shavkat Xoʻjaqulov mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar hamda ularning ijrosi taʼminlash boʻyicha istiqboldagi rejalar yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Ta’kidlanishicha, markaz tomonidan joriy yilnin go‘tgan davri mobaynida oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatish, ularning ilgʻor tajribalarini ommalashtirish va funksional savodxonlikni oshirish maqsadida “Metodik marafon” oʻtkazish yoʻlga qoʻyilib, 20 000 dan ortiq pedagoglar uchun 90 dan ortiq master-klasslar tashkil etilgan.

 

Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha yoʻriqnoma, shuningdek matematika va ona tilidan baholash komponenti boʻlgan oʻquv dasturlarining maketlari yaratilgan.

 

Tabiiy fanlar va matematika boʻyicha xorijiy darsliklar, ish daftarlar va metodik qoʻllanmalar 5-6 sinflar uchun tarjima qilinib moslashtirilgan.

 

7-11 sinflar uchun kimyo fanidan laboratoriya va amaliy ishlarga bagʻishlangan “Tabiiy fanlar — ilmiy sirlar” nomli oʻquv-metodik resurs ishlab chiqilgan.

 

“2024/2025 oʻquv yili uchun turli fanlar boʻyicha oʻquv-metodik komplekslar ilmiy-metodik kengashlar tomonidan muhokama qilindi.

 

“Innovatsiyalar, texnologiyalar va strategiyalar markazi” bilan birgalikda pedagogik mahorat va taʼlim texnologiyalari boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanma ishlab chiqildi.

 

Phet, PhysicsAviary, KhanAcademy, GeoGebra va boshqa taʼlim platformalarini mahalliylashtirish choralari koʻrilmoqda.

 

 

“Raqamli texnologiyalar va pedagogik dasturiy vositalardan kasbiy faoliyatda foydalanish” oʻquv dasturi loyihasi ishlab chiqilib Toshkent davlat pedagogika universitetiga taqdim etildi.

 

4 ta viloyatning 7 ta tumanidagi 14 ta maktabda virtual laboratoriyalar va taʼlim platformalari sinovdan oʻtkazildi.

 

TALIS 2024 xalqaro tadqiqoti asosiy sinovi va PISA 2025 tajriba sinovlari oʻtkazildi; MELQO xalqaro baholash tizimi maʼlumotlari oʻrganildi.

 

Nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash uchun samarali mexanizmlarni joriy etish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga, maktab bitiruvchilarining davlat yakuniy attestatsiyasi va Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiyalash boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tavsiyalar yuborildi. Ushbu tavsiyalar umumiy oʻrta taʼlim tizimida oʻqish natijalarini baholash konsepsiyasi loyihasiga kiritildi.

 

«Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish Markazning elektron ilmiy-metodik jurnali faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

 

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli taʼlim sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha 50 dan ortiq ilmiy ishlanmalar va videoyoʻriqnomalar tayyorlandi.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, markaz tomonidan istiqbolda bir qator ishlar xususan, umumiy oʻrta taʼlimda oʻqitish natijalarini baholash konsepsiyasi, “Taʼlim dasturlarining uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi”, “Uzluksiz taʼlim tizimi lugʻati” taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish uchun milliy soʻrov tizimi ishlab chiqilmoqda.

 

“Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari va taʼlim kurslarini moddiy-texnik jihozlashga qoʻyiladigan talablar”, “Umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartini ishlab chiqish boʻyicha qoʻllanma”, “Umumiy oʻrta taʼlim uchun oʻquv-metodik komplekslar yaratish, ekspertiza va sinovdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” qaror loyihasi tayyorlandi.

 

Formativ baholashda 4K koʻnikmalarini baholash rubrikalari nomli uslubiy PISA 2025 asosiy tadqiqotlari uchun baholash materiallari, qoʻllanmalar, nazorat shakllari va TIMSS 2023 xalqaro tadqiqot ensiklopediyasi materiallari tayyorlanmoqda.

 

Inson kapitali va XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida uzluksiz kasbiy taʼlim va hayot davomida taʼlim boʻyicha xalqaro tajribalar tahlil qilinmoqda.

 

Markaz tomonidan oʻtgan 6 oyda 2-marta xalqaro ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi. Ushbu konferensiyalarning har birida 70 nafar xalqaro ekspert va mutaxassislar, YUNISEF, YUNESKO, USAID va British Council kabi tashkilotlarning vakillari hamda hududlardan turib 2000 nafar pedagoglar ishtirok etishdi. Ikkinchi yarim yillikda yana shunday dolzarb mavzularga bagʻishlangan ikki xalqaro xalqaro ilmiy amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda”, deyiladi Taʼlimni rivojlantirish markazi ma’lumotida.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры