Sun’iy intellekt rivojlanayotgan davrda o‘quvchilarni nimaga o‘rgatish kerak?

Sun’iy intellekt rivojlanayotgan davrda o‘quvchilarni nimaga o‘rgatish kerak?

Sun’iy intellekt rivoji ta’limning o‘z mohiyatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda: agar ko‘plab kasblar yaqin yillarda tubdan o‘zgarib ketsa yoki yo‘qolib ketsa, bolalarni nimaga o‘qitamiz? “Nika” maktabi rivojlantirish direktori Yekaterina Lukyanova sun’iy intellekt davrida ahamiyatini yo‘qotmaydigan 4 ta asosiy kompetensiyani ajratib ko‘rsatadi va maktab ularni qanday rivojlantira olishini tushuntiradi.

 

Kompetensiya (lotincha competere — erishmoq, munosib boʻlmoq) soʻzi turli sohalarda qoʻllaniladi, lekin asosiy maʼnosi muayyan ishni bajarish, muammo yechish yoki vazifani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bilimlar, koʻnikmalar, tajribalar va malakalarning birlashmasi.

 

Neyrotarmoqlar matnlar yozadi, musiqa va tasvirlar yaratadi, tashxis qo‘yadi, hatto ilmiy kashfiyotlar qiladi. Sun’iy intellekt endi kelajak texnologiyasi emas — u hozirning o‘zida bizning hayotimizda mavjud.

 

Kelajakda bolalar uchun haqiqatan nima kerak?

 

Hech qachon eskirmaydigan bilimlar

 

Pedagogik hamjamiyatda bilim va ko‘nikmalar o‘rtasidagi optimal nisbat haqida tez-tez bahs qilinadi. Zamonaviy maktabning vazifasi nima: bolalarni tanqidiy fikrlashga, jamoada ishlashga, mustaqil o‘qishga o‘rgatishmi yoki ularga fundamental bilim berishmi? Bu dilemmadan iborat emas. Tanqidiy fikrlash bo‘sh joyda ishlamaydi — u puxta predmet asosini talab qiladi. Tarixiy voqealarni davr kontekstini bilmasdan tahlil qilib bo‘lmaydi. Asosiy matematik tushunchalarni tushunmasdan noodatiy masalalarni yechish qiyin.

 

Как руководителю использовать эмоциональный интеллект в управлении -  PROBUSINESS.IO

 

Kelajak kompetensiyalarining to‘rtligi

 

Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD)ning “Ta’lim 2030” doirasida, shuningdek turli davlat olimlari tomonidan kelajakda muvaffaqiyat uchun zarur bir necha asosiy ko‘nikmalar ta’riflangan.

 

1. Algoritmik fikrlash

 

Zamonaviy bolalar gadjetlardan mohirona foydalanadi, biroq raqamli savodxonlik — bu ijtimoiy tarmoqlarda lenta aylantirish emas. Bu hayotimizga tobora ko‘proq ta’sir qilayotgan algoritmlar mantig‘ini tushunishdir.

 

Algoritmik fikrlash murakkab muammolarni bosqichma-bosqich bo‘lishga, qonuniyatlarni topishga, jarayonlarni optimallashtirishga yordam beradi. Bu ko‘nikma hamma joyda qo‘l keladi: adabiyot inshosini tuzishda ham, ilmiy tajribani rejalashtirishda ham, maktab tadbirini tashkil etishda ham.

 

2. Axborotni tanqidiy baholash

 

Neyrotarmoqlar inson yozganidan ajralmaydigan matnlar yaratayotgan dunyoda axborotni tekshirish — omon qolish masalasi.

 

Stanford universiteti mutaxassislari tomonidan ‘‘History Education Group’’ doirasida o‘tkazilgan tadqiqot (hatto generativ sun’iy intellekt ommalashishidan oldin) shuni ko‘rsatdiki: o‘smirlarning 80% dan ortig‘i reklama va yangilikni farqlay olmaydi. Tanqidiy fikrlash maktabda bir martalik mediaxavfsizlik darslarida emas, balki har kuni, barcha fanlarda shakllanishi kerak.

 

3. Kreativlik

 

Neyrotarmoqlar mavjud namunalarni mukammal tarzda kombinatsiya qiladi, ammo haqiqiy innovatsiyalar boshqacha paydo bo‘ladi. Ular mavjud qarashlarni shubha ostiga qo‘ya olishni, noodatiy bog‘lanishlarni ko‘ra olishni, uyg‘unlashmaydigandek tuyulgan narsalarni birlashtirishni talab qiladi.

 

Творческое решение: как развить креативность

 

Adobe kompaniyasi tadqiqotiga ko‘ra, rahbarlarning 78% kreativlikni biznes muvaffaqiyati uchun tanqidiy ahamiyatga ega deb hisoblaydi, ammo atigi 25% o‘z xodimlarida bu ko‘nikma yetarli deb o‘ylaydi. Maktabning vazifasi — kreativ fikrlashni tizimli ravishda shakllantirish: fanlararo loyihalar, yagona to‘g‘ri javobi bo‘lmagan vazifalar, tajriba va xatoga ruxsat berish orqali.

 

4. Emotsional intellekt

 

Yuqori emotsional intellektga ega bolalar o‘qishda, murakkab topshiriqlarda, stressda yaxshiroq natija ko‘rsatadi. Agar maktab bolalarni o‘z his-tuyg‘ularini anglashga, ularga boshqaruv berishga, boshqalarning holatini tushunishga, samarali muloqotga, nizolarni hal qilishga va jamoada ishlashga o‘rgatsa, ularni kattalar hayotiga yanada yaxshi tayyorlaydi. Bu ko‘nikmalar avtomatlashtirilgan dunyoda ustunlikka aylanadi.

 

Zamonaviy maktab qanday bo‘lishi kerak?

 

Ko‘pchilik zamonaviy maktabni chiroyli bino, texnologik jihozlar — interaktiv doskalar, planshetlar, elektron kundaliklar deb tasavvur qiladi. Ammo agar o‘qishning mohiyati shunchaki to‘g‘ri javoblarni yodlash va mexanik bajarishga borib taqalsa (hatto gadjetlar yordamida bo‘lsa ham), bunday ta’lim kelajakka tayyorlamaydi.

 

OECD ma’lumotlariga ko‘ra, 2000-yillarda maktablarni ommaviy kompyuterlashtirgan mamlakatlarda o‘quvchilarning akademik natijalari yaxshilanmagan. Sabab oddiy: texnologiyalar joriy etilgan, ammo pedagogik yondashuvlar o‘zgarmagan.

 

Texnologiya — vosita, maqsad emas. U dunyo bo‘yicha ta’lim resurslariga kirish imkonini beradi, o‘qituvchiga o‘quvchilar yutuqlarini kuzatishda yordam beradi, unga tekshiruvlardan bo‘sh vaqt yaratib, sinf bilan muloqot qilishga imkon beradi.

 

Zamonaviy maktabning asosi — pedagogik model. O‘ylash, savol berish, javob topish, tahlil qilish — bular inson bilan muloqot jarayonida shakllanadi, planshet bilan emas.

 

O‘qituvchining yangi roli

 

Ma’lumot istalgan paytda internetda mavjud bo‘lgan zamonda o‘qituvchining roli tubdan o‘zgaradi. U endi yagona bilim manbai emas, balki ma’lumot oqimida yo‘nalish beruvchi mentor.

 

Bugungi samarador o‘qituvchi — bu o‘z fanini biladigan mutaxassis bo‘lish bilan birga ta’lim jarayoni dizayneri va guruh ishini tashkil etuvchi fasilitatordir. U o‘quvchilar savol beradigan, kashfiyot qiladigan, qiyinchiliklarni yengadigan muhit yaratadi.

 

Fasilitator — bu guruh ishini osonlashtiruvchi, qo’llab-quvvatlovchi va yo’naltiruvchi shaxs bo’lib, jamoaga umumiy maqsadga erishishda, samarali muloqotda va muammolarni hal qilishda yordam beradi, lekin boshliq vazifasini o’ynamaydi. Fasilitator munozarani boshqaradi, ishtirokchilarni rag’batlantiradi va muhitni qulay (yengil/qulay – facilis dan olingan) qiladi.

 

Dunyo bilan ochiqlik

 

Eng yaxshi pedagogik g‘oyalar millatga bog‘liq emas. Finlarning o‘yin orqali o‘qitish modeli, Singapurning matematik fikrlashni rivojlantirish tizimi, Kanadaning ko‘p tillilik yondashuvi — bularning barchasini o’quv sharoitiga moslashtirish mumkin.

 

Multimadaniy ta’lim — tanqidiy fikrlash, empatiyani, dunyoni boshqalarning ko‘zi bilan ko‘ra olishni rivojlantiradi. Til o‘rgangan bola boshqa madaniyat, boshqa fikrlash shakllari bilan tanishadi — bu esa kognitiv imkoniyatlarni kengaytiradi va fikrlash moslashuvchanligini rivojlantiradi.

 

Sun’iy intellekt davrida ta’lim — klassik qadriyatlardan voz kechish emas, balki ularning yangi talqini. Fundamental baza hali ham zarur, lekin e’tibor ensiklopedik bilimlarga emas, balki hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ko‘ra olishga qaratiladi.

 

Kelajak ta’limining mohiyati — o‘zgarishga ochiq bo‘lish, shu bilan birga asosiy qadriyatlarga sodiq qolish: bolaga hurmat, uning salohiyatiga ishonch va nafaqat muvaffaqiyatli, balki mehribon va fikrlaydigan insonni tarbiyalashga intilish.