Vazirlik tizimidagi ayrim qarorlarga oʻzgartirishlar kiritildi: nimalar oʻzgargan?

Vazirlik tizimidagi ayrim qarorlarga oʻzgartirishlar kiritildi: nimalar oʻzgargan?

“Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Ushbu qarorga kiritilgan asosiy o’zgarishlar “kasb-hunar taʼlimi muassasasi” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirishdan iborat.

 

Jumladan, qarorning nomi va 1-bandidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasasi” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkiloti” degan so‘zlar bilan, 1, 9 va 13-bandlardagi “kasb-hunar taʼlimi muassasasi” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirish bo’yicha so’z borgan.

 

Masalan, ushbu qarorda belgilangan nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda o’zgartirilgan:

 

“4. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 21-maydagi 325-son qaroriga muvofiq, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlimi tashkilotlari xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirishga joriy qilinmaydi.”

 

Avvalgi tahrirga ko’ra, nizomning 4-bandi quyidagicha bayon etilgan edi:

 

«4. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 9-son, 51-modda) muvofiq, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirishga joriy qilinmaydi».

 

Shuningdek, qarorga ko’ra, quyidagicha o’zgarishlar kiritish qayd etilgan:

 

5) 5-bandda: ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarining” va “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan so‘zlar tegishli ravishda “kasbiy ta’lim tashkilotlarining” va “kasbiy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  to‘rtinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  beshinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasi” degan so‘zlar “ta’lim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  oltinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasining” degan so‘zlar “ta’lim tashkilotining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  yettinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

6) 7, 24 va 32-bandlardagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

7) 8-bandda: birinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasasi” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  ikkinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasi” degan so‘zlar “ta’lim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

8) 14-bandda: birinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasasi” va “oʻrta maxsus, kasb hunar taʼlimi hududiy boshqarmasiga” degan so‘zlar tegishli ravishda “kasbiy ta’lim tashkiloti” va “oliy ta’lim tashkilotlariga va kasbiy taʼlim hududiy boshqarmalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

9) 15, 18 va 21-bandlardagi “taʼlimi muassasasi” degan so‘zlar “ta’lim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

10) 16 va 27-bandlardagi “kasb-hunar taʼlimi muassasasining” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkilotining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

11) 20-banddagi “taʼlim muassasasidagi” degan so‘zlar “taʼlim tashkilotidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

12) 22-banddagi “Taʼlim muassasasi” degan so‘zlar “Taʼlim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

13) 6-bobning nomidagi “kasb-hunar taʼlimining” degan so‘zlar “kasbiy taʼlimning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

14) 28-bandda: ikkinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasi” va “professional taʼlim muassasalari” degan so‘zlar tegishli ravishda “taʼlim tashkiloti” va “kasbiy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  uchinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” va “kasb-hunar taʼlimi muassasasi” degan so‘zlar tegishli ravishda “kasbiy ta’lim tashkilotlari” va “kasbiy ta’lim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  to‘rtinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasida” degan so‘zlar “taʼlim tashkilotida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

15) 29-bandda: birinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimining” degan so‘zlar “kasbiy taʼlimning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  to‘rtinchi xatboshidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasiga” degan so‘zlar “oliy ta’lim tashkilotiga va kasbiy taʼlim hududiy boshqarmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

16) 30-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “30. Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim boshqaruv organlari oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish haqidagi buyruqlarini tekshirishni quyidagi maqsadlarda amalga
oshiradi:”;

–  to‘rtinchi xatboshidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

 

17) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “31. Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotining oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi buyrugʻi oʻrnatilgan tartiblarga muvofiq kelmasligi aniqlangan hollarda oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim boshqaruv organlarining tegishli xodimlari oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotari direktorlari bilan tushuntirish ishlarini olib boradi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatadi.”;

 

18) Ilovada: ilova belgisidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasasi” degan so‘zlar “kasbiy ta’lim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  6-pozitsiyadagi “taʼlim muassasalari” degan so‘zlar “taʼlim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  10-pozitsiyadan “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

–  13, 20, 29, 30, 31, 32, 35, 37 va 46-pozitsiyalardagi “taʼlim muassasasi” degan so‘zlar “taʼlim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  17 va 36-pozitsiyalardagi “taʼlim muassasasiga” degan so‘zlar “taʼlim tashkilotiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  23-pozitsiyadagi “Taʼlim muassasasida” degan so‘zlar “Taʼlim tashkilotida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  25 va 39-pozitsiyalardagi “Taʼlim muassasasi” degan so‘zlar “Taʼlim tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  33-pozitsiyadagi “Taʼlim muassasasidagi” degan so‘zlar “Taʼlim tashkilotidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  38-pozitsiyadagi “Taʼlim muassasasini” degan so‘zlar “Taʼlim tashkilotini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  41-pozitsiyadagi “Taʼlim muassasasining” va “taʼlim muassasasida” degan so‘zlar tegishli ravishda “Taʼlim tashkilotining” va “taʼlim tashkilotida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

–  43 va 44-pozitsiyalardagi “Davlat test markazi” degan so‘zlar “Bilim va
malakalarni baholash agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

 

Eslatma! Kiritilgan barcha o’zgarishlar bilan quyidagi fayl orqali tanishib chiqishingiz mumkin – Faylni yuklash