Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun darajasida taqiqladi.
Yangi qoidalarga binoan, platformalar ma’muriyati avstraliyalik o‘smirlarning barcha akkauntlarini o‘chirib tashlashi, shuningdek, ularning yangi akkaunt ochmasligini nazorat qilishi shart. Ushbu talablarni bajarmaslik 33 million dollargacha jarima bilan jazolananishi mumkin.
Bu qaror ko‘plab ota-onalar va bolalar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar tomonidan ijobiy fikr bildirildi, biroq yirik texnologik kompaniyalar va so‘z erkinligi faollari tomonidan tanqid qilindi.
Yangi qonunga ko‘ra, joriy yil 10-dekabr soat 00:00 dan boshlab (GMT bo‘yicha seshanba 13:00) TikTok, Alphabet’ga qarashli YouTube, Meta’ga qarashli Instagram va Facebook hamda yana 10 ta yirik platforma 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning saytga kirishini to‘sishi shart. Aks holda kompaniyalar 49,5 million avstraliya dollari (33 million AQSh dollari)gacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu jarayon butun dunyo regulyatorlari tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda.
Bosh vazir Entoni Albanese bu kunni “oilalar uchun faxrli kun” deb atab, ushbu qonunni an’anaviy himoya mexanizmlaridan tezroq kengayib borayotgan onlayn xavflarni jilovlash mumkinligining isboti sifatida ta’kidladi.
“Bu ulkan o‘zgarish bo‘ladi. Bu millatimiz duch kelgan eng katta ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlardan biridir. Bu chuqur islohot bo‘lib, uning aks-sadosi butun dunyoga yoyiladi”, — dedi Albanese matbuot anjumanida.
Yozgi ta’til boshlanishi arafasida Albanese video murojaat orqali bolalarni “yangi sport turini sinab ko‘rishga, yangi musiqa asbobini o‘rganishga yoki javoningizda anchadan beri turib qolgan kitobni o‘qishga” chaqirdi.
Cheklovlar eng mashhur 10 ta platformaga, jumladan Twitch, TikTok va YouTube’ga ta’sir qiladi, ammo kelajakda ro‘yxat qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
