O‘zbekistonda repetitorlik xizmatlari narxlari bir yilda qariyb 7 foizga oshdi. Bu haqda milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2025-yil noyabr oyida repetitorlik xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan.
Qayd etilishicha, ushbu turdagi xizmatlar narxi yil boshidan buyon 5,7 foizga oshgan.
Shuningdek, 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda, repetitorlik xizmatlari narxlari 6,9 foizga oshgani kuzatilgan.
