Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi o‘tkazilish muddati ma’lum bo‘ldi - Ta’lim xabarlari
Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi o‘tkazilish muddati ma’lum bo‘ldi

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

 

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:

matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;

 

ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

 

Talabgorlar ruxsatnoma va tug’ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

 

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

 

Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinet orqali yuklab olish mumkin.

 

Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры