2024/2025 o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish vaqti e’lon qilindi

2024/2025 o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish vaqti e’lon qilindi

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

25-iyul kuni – 1 smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da;

26-iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib:

1-smena soat 9:00 da;

2-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

– my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

– yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.