Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ing: International Anti-Corruption Day, arab: اليوم الدولي لمكافحة الفساد, isp: el Día Internacional contra la Corrupción, xit:. 国际反腐败日, fr: la Journée internationale de lutte contre la corruption ) — BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2004-yildan beri har yili 9-dekabrda (2003-yil 21-noyabrdagi A / RES / 58/4-sonli rezolyutsiya)nishonlanib kelinadi. 2003-yil 9-dekabrda Meksikada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan.
Ushbu Xalqaro kunni belgilashdan maqsad, Bosh Assambleya rezolyutsiyasida qayd etilganidek, korrupsiya muammosi va Konvensiyaning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishdagi rolini chuqurroq tushunish bo‘lgan. Qarorda ushbu kunni keng nishonlash va tegishli tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida tegishli bandlar mavjud.
Korrupsiya – davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf.
Dunyo davlatlarida jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan korrupsiya xavfiga qarshi kurashishni ta’minlashga qaratilgan bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan:
– davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloqiy kodeksi (New-York, 1996-yil 12-dekabr);
– korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 27-yanvar);
– korrupsiya bo‘yicha fuqaroviy-huquqiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 4-noyabr) va mazkur Konvensiyaga qo‘shimcha protokol (Strasburg, 2003-yil 15-may);
– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (2003-yil 31-oktyabr).
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida belgilangan.
Bosh Assambleya rezolyutsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasiga (UNODC) Konvensiyaga a’zo davlatlar konferensiyasining kotibiyati vazifasini bajarishga ko‘rsatma berishni so‘raydi va har yili Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan UNODC direktori ushbu sana haqida xabar beradi. Odatda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi BMTning boshqa xalqaro kunlari munosabati bilan xuddi shunday xabar beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 2015-yil 9-dekabrdagi murojaatida:
– Biz 2030-yilga qadar qashshoqlikka barham berish va barcha uchun munosib hayotni ta’minlashni rejalashtirar ekanmiz, Barqaror rivojlanish bo‘yicha yangi kun tartibida korrupsiyaga qarshi har tomonlama kurashish zarurligini tan olamiz va noqonuniy moliyaviy oqimlarni sezilarli darajada qisqartirish va o‘g‘irlangan mulkni qaytarishga chaqiramiz.
2015-yil 9-dekabrdagi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov nutqida:
– Korrupsiya va poraxo‘rlik o‘z maqsadiga yetib, tenglik va adolat barbod bo‘lsa, butun jamoalar zarur infratuzilma, shifoxona va maktablarsiz qolishi mumkin. Bundan tashqari, korrupsiya muhim huquqiy masalalarning asosini buzadi, sanoatga zarar yetkazadi va raqobat tushunchasini yo‘qotadi.
- 2003-yildan buyon Transparency International har yili Global korrupsiya barometrini nashr etib keladi. 2004-yildan boshlab ushbu hisobot Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga to‘g‘ri keladi.
- 2015-yildan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi ‘‘Korrupsiya zanjirini uzing” deb nomlangan qoʻshma xalqaro kampaniyani, shu jumladan, fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda #breakthechain xeshtegini qoʻllab-quvvatlashga toʻgʻridan-toʻgʻri chaqiruvni boshlagan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi ‘‘Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida’’gi O‘RQ-419-son qonuni qabul qilingan. U Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan.
Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri, qabul qilinish tarixi va u haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilgan edi.
