Prezident farmonida belgilanishicha, Yangi Toshkent hududidan universitetning zamonaviy kampusini barpo etish uchun zarur hudud ajratiladi. Qurilish ishlari 2028-yilda yakunlanadi.
Adliya vazirligi buyurtmachi bilan birgalikda eng maqbul takliflarni tanlash asosida TDYUning zamonaviy kampusini qurish ishlarini tashkil etadi.
Kampusni loyihalash va qurish jarayoniga hamda uni moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy banklarning imtiyozli mablagʻlarini hamda xorijiy yirik quruvchi kompaniyalarni jalb etish choralari koʻriladi.
Yuridik universiitetning amaldagi binolari o‘rnida:
—TYU huzuridagi O‘zbekiston huquqi tarixi muzeyi;
—O‘zbekiston nizolarni hal etish markazi;
—TDYU Raqamli huquq markazi;
—Raqamli sud ekspertiza markazi joylashtiriladi.
Ma’lumot uchun, 2025-yil 26-noyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–232-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.
