PhD va fan doktorlari (DSc) tomonidan 9 oy ichida jami 3043 ta dissertatsiya himoya qilingan

PhD va fan doktorlari (DSc) tomonidan 9 oy ichida jami 3043 ta dissertatsiya himoya qilingan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning 9 oyida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengashlar tomonidan o‘tkazilgan himoya jarayonlarining internet orqali jonli efirga uzatilishi holati respublikadagi 136 ta muassasaning rasmiy veb-sayti asosida tahlil qilingan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur davrda 130 dan ortiq Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun o‘tkazilgan jami 3.043 ta dissertatsiya himoyasidan 1.323 tasi, yaʼni 43%gina internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilgan.

Agentlikning ma’lum qilishicha, Ilmiy kengashlari mavjud aksariyat muassasalarning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan e’lonlarda dissertatsiya ishi himoyasini o‘tkazish (sanasi, vaqti, joyi, mavzusi) bilan bog‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lsa-da, jonli efir orqali kuzatish imkonini beruvchi havolalar taqdim etilmagan.

O‘rganish va tahlil natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Sog‘liqni saqlash, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari hamda Fanlar akademiyasiga tegishli taqdimnomalar kiritilgan.

Himoya jarayonlarini jonli efirga uzatish samaradorligi bo‘yicha tahlil natijalari quyidagi infografikalarda batafsil aks etgan.