Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi va Budjetnoma ishlab chiqildi.
Mazkur “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi va Budjetnoma Budjet kodeksining 29-moddasiga muvofiq shakllantirilgan.
Qonun loyihasining 13-moddasiga koʻra, 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari belgilanayotgan boʻlib, keyingi yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarining akademik litseylari kollej va texnikumlar kabi mahalliy budjetlardan moliyalashtirishga oʻtkazilmoqda.
Avvalroq, 2026-yilda taʼlimga 100,3 trln soʻm ajratilishi rejalashtirilgani haqda xabar bergan edik.
Loyihada 2026-yil uchun oliy ta’lim bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar va xarajatlar prognozi ham kiritilgan.
Unga ko‘ra, oliy ta’lim qamrovini va ta’lim sifatini oshirish maqsadiga muvofiq oliy ta’lim uchun 7,3 trln so‘m byudjet mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Davlat dasturlariga xarajatlar, mlrd so‘m:
-
Ta’lim krediti uchun davlat byudjetidan tijorat banklariga maqsadli resurslar ajratish uchun mablag‘lar
2025: 2 532
2026: 2 000 -
Oliy ta’lim muassasasida magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash uchun xarajatlar
2025: 125
2026: 125 -
Davlat-xususiy sheriklik va davlat oliy ta’lim tashkilotlarining buyurtmalari asosida talabalarga turar joylarni barpo etish bo‘yicha loyihalar uchun subsidiyalar
2025: 300
2026: 100 -
Davlat xususiy sheriklik asosida qurilgan talabalar turar joyida yashaydigan talabalar uchun davlat sherigiga ajratiladigan subsidiyalar va talabalarni oylik ijara to‘lovi xarajatlarini bir qismini kompensatsiya qilish
2025: 230
2026: 259 -
“El-yurt umidi” jamg‘armasiga davlat byudjetidan transfer
2025: 539
2026: 700
Qonun loyihasi bilan tanishish – Faylni yuklash


