“O‘quv dasturidan chetlashilmagan” – Bilim va malakalarni baholash agentligi huquqshunoslik bo‘yicha testlarga munosabat bildirdi

Huquqshunoslik fanlariga oid testlarning darsliklarda mavjud bo’lmagan ma’lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan abituriyentlar norozilik bildirgan edi.

 

 

Jumladan, davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlar (bayroq qachon ko’tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to’g’risidagi qonun va shu kabi savollar yuzasidan shikoyatlar tarqaldi.

 

 

Bilimni baholash agentligi ushbu vaziyatga nisbatan munosabat bildirdi.

 

 

Munosabat mazmuniga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha shakllantiriladigan test topshiriqlari butun hujjat asosida emas, balki o‘quv dasturida keltirilgan qismidan tuzilgan. Shunga ko‘ra huquqshunoslik fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirishda ham amaldagi DTS va o‘quv dasturlaridan chetga chiqish holatlari bo‘lmaganligi ta’kidlangan.

 

 

Abituriyentlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan test topshirig‘ida O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish yoki ota-onalar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida so‘ralgan.

 

Shu kabi test topshiriqlarini shakllantirishdan maqsad aynan huquqshunoslik yo‘nalishini tanlash istagida bo‘lgan abituriyentlarning bilimlarni kundalik hayotda duch keladigan misollar orqali qay darajada tatbiq qila olishlarini aniqlashdan iborat bo‘lgan.

 

 

Agentlik xabariga ko‘ra, huquqshunoslik fanlaridan ham test topshiriqlari amaldagi DTS va o‘quv dasturlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, test sinovlarida huquqshunoslik fanlaridan foydalaniladigan test varianti tafsiloti Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy saytida e’lon qilingan.

 

 

Jumladan, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test topshiriqlari normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olgan holda shakllantirilishi, qonun hujjatlariga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritilganda qonunning asl manbayi (O’zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – lex.uz. sayti)ga murojaat qilinishi bo‘yicha ham ma’lumotlar e’lon qilingan.

 

Ma’lumot uchun, barcha testlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi 4884-son qaroriga asosan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuzilgan.

 

 

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры