Imtihonga kirishdan oldin hayajonlanish – bu juda oddiy holat. Bu muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan xohish hamda imtihonning ahamiyatini anglashning belgisidir. Lekin, hayajonni nazorat qilish va uni inson o‘z foydasiga ishlatishi muhim.
Imtihon oldidan hayajonni yengishga yordam beradigan ba‘zi samarali tavsiyalarni keltirib o‘tamiz:
Tayyorgarlik:
– Yaxshilab tayyorlanish: imtihon materiallarini yaxshilab o‘rganish o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi va hayajonni kamaytiradi;
– O‘ziga ishonish: imtihon uchun yaxshi tayyorlangan inson o‘ziga ishonishi va testdan qo‘rqamasligi kerak.
– O‘zini rag‘batlantirish: imtihonni muvaffaqiyatli topshirishga ishonishga yordam beradigan ijobiy fikrlarni takrorlash.
Imtihon kuni:
– Yaxshi uxlash: yaxshi uyqu inson konsentratsiyasini va kayfiyatini yaxshilaydi.
– Sog’lom ovqatlanish: to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish insonga sifatli energiya beradi va hayajonni kamaytiradi.
– Erta chiqish: imtihon joyiga erta borish tinchlanish va insonga o‘zini yaxshi his qilish imkonini beradi.
– Chuqur nafas olish: chuqur nafas olish yurak urishi va hayajonni kamaytiradi.
– Qisqa muddatli dam olish: imtihon boshlanishidan oldin bir necha daqiqa dam olish va inson o‘zini tinchlantirishi kerak. Bir muddat hech narsani o‘ylamasdan, miya va yurakka tinchlik berish foydali.
Imtihon paytida:
– Savolga diqqat bilan o’qish: savolni to‘liq tushunishganlikka ishonch hosil qilish kerak. Agar savol bir o‘qiganda tushunilmasa, yana qayta o‘qish zarur.
– Vaqt taqsimotini qilish: shoshilmasdan har bir savolga vaqt ajratish va vaqtni to‘g‘ri taqsimlab olish zarur.
Eslatma! Testni yechish va javoblar varaqasini to‘ldirishga umumiy vaqt beriladi. Ya’ni, variantlarni javoblar varaqasiga belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
– Qiyin savollardan qo’rqmaslik: qiyin savolga duch kelganda, uni o‘tkazib yuborish va keyinroq qaytish kerak. Bir savolga uzoq vaqt ajratish, qolgan savollarga ham ulgurmaslikka olib kelishi mumkin.
Eslatma! Qiyin savolni keyinga qoldirganda, uni qayta eslatadigan biror belgi qo‘yish zarur.
Savollarni yechib bo‘lgandan keyin, yechilmasdan qolib ketgan savollar qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun savollar kitobiga yana bir marta qarab chiqish kerak.
Muhim! To‘g‘ri variantlarni javoblar varaqasiga ko‘chirayotganda e’tiborli bo‘lish kerak. Bitta o‘tkazib yuborilgan javob bilan, qolganlari ham xato ketishi mumkin
Abituriyentlarga eslatma! Unutmang, hayajon – bu normal holat. Uni nazorat qilish va o‘z foydangizga ishlatish muhim. Tayyorgarlik, ijobiy fikrlar va o‘zingizga ishonish sizga imtihonni muvaffaqiyatli topshirishga yordam beradi.
Shuningdek, imtihon topshirgan kundan bir kun o‘tib @e_uzbmb_mandatbot orqali test natijalarini bilib olish mumkin.