Respublikadagi eng iqtidorli yoshlar intiqlik bilan kutayotgan 1-guruh fanlari bo‘yicha Asosiy olimpiadaning uchinchi — hududiy bosqichining o’tkazilish sanalari ma’lum qilindi.
Olimpiada quyidagi sanalarda reja grafik asosida respublika bo‘ylab o‘tkazilmoqda:
1-guruh fanlari — 24-29-noyabr kunlari;
2-guruh fanlari — 1-3-dekabr kunlari.
Olimpiada 1-guruh fanlari kesimida ushbu jadval asosida belgilangan sanalarda o‘tkaziladi:
Olimpiada quyidagi manzillarda o’tkaziladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — Nukus shahar 24-sonli maktab
Andijon viloyati — Andijon shahar 41-sonli maktab
Buxoro viloyati — Buxoro shahar 44-maktab
Jizzax viloyati — Jizzax shahar 30-sonli maktab
Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 50-sonli maktab
Navoiy viloyati — Navoiy shahar 7-sonli maktab
Namangan viloyati — Turon universiteti
Samarqand viloyati — Samarqand shahar 82-sonli maktab
Surxondaryo viloyati — Termiz shahar 9-sonli maktab
Sirdaryo viloyati — Guliston shahar 5-umumta’lim maktabi
Toshkent viloyati — Nurafshon shahar 1-sonli maktabi
Fargʻona viloyati — Farg‘ona shahar 46-sonli maktab
Xorazm viloyati — Urganch shahar 17-sonli maktab
Toshkent shahri — Yangihayot tumani 330-sonli maktabi
Eslatma! Jarayonlar boshlanishidan 1 soat oldin auditoriyaga kirish toʻxtatiladi.
Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda, Markazning maxsus @Murojaat_FOM_bot boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon raqamga murojaat qilish mumkin.
«Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularning natijalariga ko‘ra adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘riladi», – deyiladi Fan olimpiadalari markazi xabarida.


