2024-2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 845 ta o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari orasida eng katta ulush kasb-hunar maktablari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yili boshida mamlakatda umumiy hisobda 845 ta o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan. Bu ko‘rsatkich 2021-2022 o‘quv yiliga nisbatan 18 taga yoki 2,2 foizga oshgan.
Tizim tarkibi quyidagicha shakllangan:
– kasb-hunar maktablari — 334 ta;
– texnikumlar — 272 ta;
– kollejlar — 147 ta;
– akademik litseylar — 92 ta.
O‘rta maxsus ta’lim tarmog‘ida kasb-hunar maktablari soni va ulushi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab, mehnat bozori uchun amaliy ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlashda asosiy bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘lmoqda.
