Imtihonga qanday tayyorlanish kerak? Abituriyentlarga tavsiyalar

Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo‘lganimiz – amalda qo‘llangan va ishonchli usullardir.

 

Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o‘qishning mahsuldorligi ancha past bo‘ladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko‘p o‘qilsa, shuncha kam esda qoladi.

 

Imtihonga yaqin soatlarda o‘quv materiallariga betartib ravishda ko‘z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda juda kam ma’lumotlar esda qoladi yoki chalkashlik yuzga kelishi mumkin.

 

Imtihondan bir kun oldin dars qilishni to‘xtatib, sayr qilish va dam olish testlarni xotirjamlik bilan yechib chiqishga yordam beradi.

 

 

Imtihondan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg‘itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug‘ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish” uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko‘rsatuvni tomosha qilish juda foydali.

 

Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g‘ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

 

Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to‘yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

 

 

Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo‘lishi uchun kechki ovqatni to‘g‘ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste’mol qilish lozim, tarkibida ko‘p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o‘zni tiygan ma‘qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.

 

 

Hurmatli abituriyentlar! Esingizda bo‘lsin, imtihon hayotning oxiri emas. U faqatgina bilimni baholash uchun mo‘ljallangan. O‘zingizga ishoning va eng yaxshi natijaga ega bo‘ling.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры