Kembrij lug‘ati 2025-yilning so‘zi sifatida ‘‘parasocial’’ (parasotsial) so‘zini tanladi

Kembrij lug‘ati 2025-yilning so‘zi sifatida ‘‘parasocial’’ (parasotsial) so‘zini tanladi

Cambridge Dictionary (Kembrij lug’ati) 2025-yilning so‘zi sifatida ‘‘parasocial’’ (parasotsial) atamasini tanladi. Bu atama odamning mashhur shaxs bilan shaxsan tanish bo’lmasa ham, o’zini ular bilan hissiy aloqada his qilishini anglatadi.

 

Ma’lumotlarga ko’ra, bu atamaga bo’lgan qiziqish ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan madaniy hodisalar tufayli ortgan.

 

‘‘Parasocial’’ atamasi qayerdan kelib chiqqan?

 

Garchi bu so’z yangi ko’rinishi mumkin bo’lsa-da, u 1956-yilda paydo bo’lgan — amerikalik sotsiologlar Donald Xorton va Rixard Uol tomoshabinlar, teleko’rsatuvlar va san’atkorlarni o’z yaqinlari kabi qabul qilishlarini sezganlar. Bugungi kunda esa, Kembrij lug’ati muharrirlarining so’zlariga ko’ra, bu atama akademik doiradan chiqib, ijtimoiy tarmoqlar, podkastlar va yangi media formatlari tufayli kundalik hayotga kirib borgan.

 

Muharrirlar «parasotsial» aloqalar nafaqat mashhurlarga o’rnatilishini ta’kidlaydilar. Endi odamlar bu aloqalarni AI-botlarga ham ko’chirgan, ularni suhbatdosh, do’st va hatto romanik sherik sifatida qabul qilayotgan holatlar ko’paygan.

 

Qiziqarli tomoni shundaki, ushbu atama bo’yicha qidiruvlarning ko’payishi mashhur YouTuber IShowSpeed fanatni «number 1 parasocial» deb atab, uni bloklaganidan so’ng boshlandi.

 

Kembrij lug‘atidagi boshqa yangi so‘zlar

 

Bu yil Kembrij lug’atiga kiritilgan yangi so’zlar orasida ‘‘skibidi’’ — yoshlar orasida mashhur bo’lgan internet-mem, virallashgan video va raqs trendi bilan bog’liq, ‘‘delulu’’ — inglizcha ‘‘delusional’’ so’zidan olingan, ‘‘xayolotda yashash’’, ‘‘illyuziyalarda yashovchi’’ yoki ‘‘o’zini aldash’’ degan ma’noni anglatadi (ko’pincha fanatlar orasida hazil sifatida ishlatiladi), va ‘‘tradwife’’ — ‘‘traditional wife’’ so’zidan kelib chiqqan bo’lib, ‘‘an’anaviy ayol’’, ya’ni klassik oilaviy modelni tanlagan ayolni anglatadi.