Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun maxsus ishlab chiqilgan ushbu ssenariy Alifbe bayramini mazmunli, quvonchli va esda qolarli tarzda tashkil etishda juda qo‘l keladi.
Ssenariy tarkibidan quyidagi chiqishlar o‘rin olgan:
— kirish qismi va boshlovchilar nutqi;
— bolalar chiqishlari, she’rlar, qo‘shiqlar;
— “Harflar dunyosi” sahna ko‘rinishi;
— interfaol o‘yinlar va viktorinalar;
— yakuniy qo‘shiq va taqdirlash marosimi.
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan ssenariyning har bir qismi amaliy, qulay va 1-sinf o‘qituvchilarining real dars jarayoniga to‘liq moslab ishlab chiqilgan.
