Joriy yilning 21-oktyabridan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari ushbu manzillarda oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.
13-14-noyabr kunlari mazkur sinovlarda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining Qoraqalpoq tili (Davlat tili) hamda Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari ishtirok etadilar.
Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:
Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar test topshiradigan aniq sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin!
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – https://t.me/pka_tdi_uz/11758
Attestatsiyaga jalb qilingan pedagoglarga ortiqcha ovoragarchilik va kutib qolishning oldini olish maqsadida attestatsiya sinovlariga Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va murojaat yuborishda toʻldirilgan SOʻROVNOMA bilan oʻzlari uchun belgilangan vaqtdan yarim soat oldin yetib kelishlari yetarli ekanligini eslatib oʻtamiz.
Shuningdek, shu bilan 2025-yil avgust-dekabr oylari attestatsiyasi ham oʻz nihoyasiga yetadi.
