Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Kecha, 12-noyabr kuni mazkur sinovlarda umumtaʼlim maktablarining kimyo va fizika fanlari oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko’ra, toifa sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishgan:
– Chortoq tumanidagi 22 – umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Muhabbat Tursunova 96 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Chortoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Ra’no Nosirova 96 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Uychi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Dilbarxon Xudayberdiyeva 96 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Doniyor Tohirov 96 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Sayyora Mamadjanova 92 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Namangan shahridagi 43 – umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Dilafruz Nishonova 92 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Namangan shahridagi 3 – umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Mirzohid Rahimov 92 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Yangiqo‘rg’on tumanidagi 10 – umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Zamira Yunusova 90 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Boburjon Sotivoldiyev 90 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Namangan tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Ma’rufjon Jamoliddinov 90 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Uchqo‘rg’on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Nigora Yakubova 90 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Chortoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Munavvar Yusufjonova 88 ball bilan oliy malaka toifasi;
– Chortoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Mashhura Kutupova 88 ball bilan oliy malaka toifasini himoya qildi.
Shuningdek, mazkur o‘qituvchilar 70 foizlik ustamaga ham da’vogarlik qilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda kimyo fani o‘qituvchilari attestatsiyada yuqori ball olganini haqida xabar bergan edik.
