Prezident maktablariga kirish imtihonlari boshlanish sanasi e’lon qilindi - Ta’lim xabarlari
Prezident maktablariga kirish imtihonlari boshlanish sanasi e’lon qilindi

Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi! Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi telegram tarmog’ida xabar qildi.

 

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

 

Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi. Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

 

Eslatma! Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtishi ma’lum qilindi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры