Xitoy maktablarining birida o‘quvchilar dars jarayonida telefonga haddan tashqari bog‘lanishning salbiy oqibatlari haqida ibratli video bilan tanishtirilgan.
Videoda bolalar dars o‘rnida telefon bilan band bo‘lishi, diqqatni darsga qaratmasligi, shu bois o‘qishda ortda qolishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, telefonda juda ko‘p o‘tirish natijasida koʻz faoliyati, uyqu rejimi, ijtimoiy munosabatlar yomonlashishi mumkinligi ta’kidlangan.
Video yakunida esa bolalarga “hozir telefon bilan o‘ynashni tanlashmi, yoki darsga e’tibor berib kelajakda yaxshiroq imkoniyatga ega bo‘lishni tanlashmi’’ degan tanlov borligi ko‘rsatiladi.
