"El-yurt umidi" jamg‘armasi talabalarga qanday imkoniyatlar beradi? Shular haqida batafsil - Ta’lim xabarlari
“El-yurt umidi” jamg‘armasi talabalarga qanday imkoniyatlar beradi? Shular haqida batafsil

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovida nomzodlarga qanday talablar qo‘yiladi?

 

Stipendiyaga da’vogar yoshlar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi kerak. Shuningdek, ushbu tanlovda  bakalavriat uchun 25 yoshgacha, magistratura 20 yoshdan 45 yoshgacha va doktoranturada 22 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin.

 

Talabalardan kamida ikki yillik mehnat tajribasi talab etiladi.

 

Bundan tashqari nomzodlar uchinchi shaxslarning to‘liq moliyaviy majburiyati haqida rasmiy rozilik kafolat xati va xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xatni taqdim etishlari kerak.

 

Stipendiya tanlovi necha bosqichda bo‘lib o‘tadi?

 

Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda, qabul qilingan hujjatlarning belgilangan talablarga mosligi ko‘rib chiqilib, saralanadi.

 

Ikkinchi bosqichda esa, birinchi bosqichdan muvaffaqqiyatli o‘tganlar bilan test va suhbat o‘tkaziladi. Bunda, saralash ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda o‘qish savodxonligi, tahliliy fikrlash, IQ (bakalavr uchun) va ilmiy maqola yozish ko‘nikmasi ( magistratura va doktarantura uchun) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zbek tilida test sinovlari o‘tkaziladi.

 

Ikkinchi qismda test sinovlarida yuqori ball to‘plagan nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida nomzodlarning xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsadi va olingan bilimlarini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari, ularning ma’naviy-axloqiy tafakkuri, tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilim darajasi ekspertlar tomonidan baholanadi.

 

Jamg‘arma tomonidan qanday xarajatlar qoplab beriladi?

 

“El-yurt umid” jamg‘armasi stipendiantlariga xorijda o‘qish davomida quyidagi xarajatlarni to‘liq qoplab beradi:

 

–  xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura yoki doktaranturada o‘qish (kontrakt) to‘lovi;

–  viza olish va xorijda ta’lim olish davrida stipendiantni tibbiy sug‘urtalash;

–  xorijdagi ta’lim olish joyigacha bo‘lgan transport xarajatlari ( ikkala tomonga ko‘pi bilan bir marta);

–  xorijda ta’lim olish davrida yashash, ovqatlanish va ichki transport xarajatlari;

–  zarur adabiyotlar va darsliklarni xarid qilish, universititet talabiga binoan ilmiy maqolalar chop etish;

–  stipendiantning xorijda ta’lim olishi bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.

 

Stipendiantning o‘qish davri va undan keyingi mehnat faoliyati qanday olib boriladi?

 

Avvalo, xorijdagi o‘qish davomida talabaning dars mashg‘ulotlarida doimiy qatnashib borishi, fanlarni o‘zlashtirishi boshqalar monitoring qilib boriladi. Ta’lim olish jarayoni yakunlangandan keyin stipendiant tuzilgan 4 tomonlama shartnomaga ko‘ra, uni ish bilan ta’minlash majburiyatini olgan davlat tashkilotiga ishga joylashadi.

 

Stipendiantning ishlab berish jarayoni :

bakalavriat bo‘yicha – 5 yildan kam bo‘lmagan;

magistratura va doktorantura bo‘yicha – 3 yildan kam bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры