IELTS 8 sertifikati bor o‘qituvchi attestatsiya savollari bo‘yicha e’tiroz bildirdi

IELTS 8 sertifikati bor o‘qituvchi attestatsiya savollari bo‘yicha e’tiroz bildirdi

Xabaringiz bor, ayni paytda avgust-dekabr malaka toifasi sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur imtihon 30-31-oktyabr kunlari ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun bo‘lib o‘tdi.

 

 

Ushbu attestatsiyada ishtirok etgan o‘qituvchilardan biri o‘tkazilgan toifa sinovlari bo‘yicha o‘z fikrlarini ijtimoiy tarmoqda post yozib qoldirdi. Uning yozishicha, unda IELTS 8.0, Aptis va Multilevel C1 va boshqa metodik sertifikatlardan “Passed” yoki Band 3-4 bor.

 

‘‘Kechagi va bugungi attestatsiya imtihonlari men 20 yildan beri qatnashib, ko’rib kelayotganim Ielts, Toefl, CAE, TKT va respublika ichki imtihonlari ichidagi eng darajasi yuqori va haddan ortiq qolipdan chiqilgan testlar bo’ldi.

 

Ma’lumot uchun menda Ielts 8.0, Aptis va Multilevel C1, boshqa metodik sertifikatlardan hammasidan “Passed” yoki Band 3-4 bor. Lekin men 2 kun davomida ko’rgan attestatsiya imtihoni savollari nafaqat O’zbekiston, balki ehtimol o’sha Ingliz yoki AQShlik o’qituvchilarni ham esankiratib qo’yadigan savollar bo’ldi.

 

Hamma biladigan Ielts, TKT va shular kabi daraja va malaka imtihonlarida aniq bir qolip va belgilangan daraja bor. Siz yuqoridagi imtihonlarga kirib ketayotganda Sizdan aynan nimalar so’ralishini va Siz nimadan kelib chiqib to’g’ri javob belgilashingizni yoki yozishingizni aniq/farazan bilasiz. Lekin afsuski, kecha va bugungi toifa imtihonlaridagi Ingliz tilidan savollarning juda katta qismida bu narsa yo’q edi.

 

Endi shu toifa savollarini tuzgan ustozlar va ekspertlar jamoasiga savolim, iltimos – shu attestatsiya imtihonlarida savollar og’ir-yengilligi qaysi daraja-mezonga asosan tuzilgan? Nimaga tayanib va nimadan kelib chiqib bu darajada ilmiy va haddan ortiq murakkablik bor? Kelinglar, men ham Sizlarga huddi shu darajada 50 ta savol tuzib bersamda, Sizlar ham taqdiringiz hal bo’layotgan birorta imtihonni shunaqa bosim va ruhan tushkun holatda topshirasizlar. Kelishdikmi?’’, — yozadi u.

 

Ta’kidlanishiga ko’ra, maktab o’qituvchisiga haddan ortiq ilmiy va darsga aloqasi bo’lmagan savollar uchragan.

 

‘‘Xop mayli, test ham tuzilibdi, imtihon ham o’tdi. Lekin maktab darsliklarida yoki ishlash davomida hech qachon uchramaydigan, “oliy matematika”ga o’xshab “oliy Ingliz tili”da o’rganiladigan bular kabi savollarni maktab o’qituvchisi qayerdan bilsin? Va umuman maktab o’qituvchisiga nega kerak bu kabi haddan ortiq ilmiy va darsiga mutlaqo aloqasi bo’lmagan savollar yoki qoidalarni bilish? – “Which term best describes the class of segmental sound that typically carry intensity and can form the core of syllable?”.

 

Savolni tushundingizmi? Rosti, men 2-3 marta o’qibam tushunmadim. Yoki shuning yana bir sherigi bo’lgan savol – Find the set from only pragmatik functions or semantic notions without structural grammar topics. Haddan ortiq ilmiy.

 

Yoki mana bu so’zlarning “formal, neutral, informal” ekanligini leksikologiyani 3-4 yil chuqur o’rgangachgina bilish mumkin xolos-ku axir – go amiss, go wrong, go pear shaped. Yoki mana bu so’zlarning ma’nosini topishlik – by and large, by pass.

 

Hurmatli test tuzuvchilar jamoasi, baraka topgurlar! Ingliz tilida bittalab sanalgandagi so’zlar soni 3 milliondan ortiq. “Phrasal verbs”ni o’zi 10,000+. Ingliz tili lingvistikasidagi atamalar soni 10 mingga yaqin, Ingliz tilida so’z birikmalarining soni 20 millionga yaqin (soham lug’atshunoslik bo’lgani uchun mutlaqo aniqlikka yaqin raqamlarni yozdim). Axir bunchaning ichidan yuqoridagilarni eslab qolish qiyin-u! Maktab darsliklarida ishlatilgan yoki hech qursa ta’limga aloqador so’z bo’lsa ham mayliga edi.

 

Iltimos test tuzuvchilar, savol tuzishda sinfda ko’p ishlatiladigan so’zlar, qoidalar, idioma yoki jumlalar – shularga ham e’tibor qaratinglar. Iltimos Sizlardan! Axir toifa imtihonidan asl maqsad ustozning o’qitishi va uning maktab darsliklari bo’yicha ilmiy salohahiyatini ham baholashku. Tushuninglar, 10 foizga ham yetmagan Ingliz tilichilar o’tibdi xolos 2 kunlik imtihondan. Maqsad hammani yoppasiga toifa imtihonlaridan yiqitish emas-ku, axir!’’

 

Shuningdek, u maktab darsliklarida ishlatilgan yoki ta’limga aloqador bo’lmagan savollarni uchratgani uchun imtihonda berilgan “reading” matnlarga to’xtalishni xohlamaganini bildirgan.

 

‘‘Men imtihonda berilgan “reading” matnlarga to’xtalmadim, xohlamadim rosti.

Savollar darajasi oktabr boshida taqdim etilgan “demo test”dagi kabi bo’lsa ham mayliga edi.

Yana iltimos Sizlardan, adabiyotlar ro’yxatini hech qursa 4-5 oy avval taqdim qilinglar keyingi imtihonlar arafasida.

O’zim ham darslarda ustoz va talabalarga test tuzish bilan shug’ullanganim uchun, testlardagi darajani ushlash naqadar qiyin ekanligini tushunaman. Lekin respublika miqyosidagi va nihoyatda ko’pchilik insonlarning maoshi va qisman taqdiri haqida gap ketganda, savol tuzish borasida yetti o’lchab bir kesishlikni tavsiya qilardim.

Salomat bo’linglar!’’, — qo‘shimcha qiladi u.

 

Bundan tashqari, Ta’lim xabarlari tahririyatiga ingliz tili fani o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

 

 

IELTS 8 sertifikati bor o‘qituvchi attestatsiya savollari bo‘yicha e'tiroz bildirdi

IELTS 8 sertifikati bor o‘qituvchi attestatsiya savollari bo‘yicha e'tiroz bildirdi

IELTS 8 sertifikati bor o‘qituvchi attestatsiya savollari bo‘yicha e'tiroz bildirdi

IELTS 8 sertifikati bor o‘qituvchi attestatsiya savollari bo‘yicha e'tiroz bildirdi

IELTS 8 sertifikati bor o‘qituvchi attestatsiya savollari bo‘yicha e'tiroz bildirdi

 

 

Ta’lim xabarlari sayti mutasaddi tashkilotlar tomonidan bildiriladigan munosabatga ochiq.