Avstraliya 2026-yilda xorijiy talabalar uchun qabul kvotasini 295 mingga oshiradi — ta’lim vaziri

Avstraliya 2026-yilda xorijiy talabalar uchun qabul kvotasini 295 mingga oshiradi — ta’lim vaziri

Avstraliya ta’lim vaziri Jeyson Kler mamlakatning xalqaro ta’lim tizimida 2026-yilda amalga oshiriladigan o‘zgarishlarni e’lon qildi. Eng muhim yangiliklardan biri xorijiy talabalarni qabul qilish kvotasining 25 ming o‘ringa oshirilishidir.

 

 

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda davlat universitetlariga 145 ming, xususiy oliygohlarga 30 ming, kasbiy tayyorlov muassasalariga esa 95 ming nafar talaba qabul qilish ruxsat etilgan. Bir yil o‘tib, umumiy kvota 270 mingdan 295 ming nafargacha kengaytiriladi.

 

 

Ta’lim vazirligi, shuningdek, Avstraliyada o‘rta maktabni tamomlagan xorijlik bitiruvchilarni tayyorlov dasturlariga va davlat universitet hamda kollejlariga kvotadan tashqari qabul qilishni yo‘lga qo‘ygan. Mutaxassislar bu qarorni ijobiy baholashdi, chunki ilgari bunday bitiruvchilar o‘qishga kirish imkonini ko‘pincha yo‘qotishgan — ular imtihon natijalarini olgan paytda xorijiy talabalar uchun ajratilgan kvota allaqachon to‘lib bo‘lgan.

 

 

Avstraliya ta’lim tizimi har bir o‘quv muassasasi uchun har yili xorijlik talabalar soniga individual limit belgilaydi. Hukumat 2026-yilda bu limitlar kamaytirilmasligini tasdiqlagan. Davlat universitetlariga esa xorijiy talabalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ariza topshirish imkoniyati beriladi.

 

“Xalqaro ta’lim nafaqat mamlakat iqtisodiy daromadiga hissa qo‘shadi, balki boshqa davlatlar bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Ushbu soha milliy manfaatlar hamda talabalar va universitetlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda rivojlanishi zarur”, — dedi ta’lim vaziri Jeyson Kler.

 

Buni universitetlar hamjamiyati e’lon qilingan o‘zgarishlarni ijobiy kutib olgan.