‘‘Agrar universitetdagi yongʻinga quyosh panellari sabab boʻlmagan’’ — Energetika vaziri

‘‘Agrar universitetdagi yongʻinga quyosh panellari sabab boʻlmagan’’ — Energetika vaziri

Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Agrar universitetdagi yongʻinga “tomdagi quyosh panellari sabab” degan xabarlarni inkor etdi. 

 

 

Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, aholi orasida quyosh panellarining xavfsizligi yoki salbiy tomoni haqidagi asossiz targ‘ibotlar ham yo‘q emas.

 

 

Uning taʼkidlashicha, Agrar universitetdagi yongʻin boʻyicha “tomdagi quyosh panellari sabab boʻlgan” degan mish-mishlar ham tekshiruvlarda tasdiqlanmagan.

 

“Aslida yong‘in yuzaga kelgan vaqtda quyosh panellari ishlamayotgan, ya’ni elektr energiyasini generatsiya qilmayotgan bo‘lgan. Ammo olov natijasida yorug‘lik paydo bo‘lgandan keyin quyosh panellarida generatsiya bo‘lgan, bularning hammasi invertorda qayd etilgan. Biz tergov va surishtiruv jarayonida hamma ma’lumotlarni ko‘rsatib berganimizdan keyin, tushunishdi”, — dedi energetika vaziri.

 

Ma’lumot uchun: 2024-yil 30-sentyabr kuni Agrar universiteti binosida kuchli yong‘in sodir bo‘lgan va 15 ta ekipaj jalb etilgan holda 2 soat davomida o‘chirilgan edi.