Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2025-yil 30-oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Test sinovida ishtirok etishi belgilangan fanlar va test topshirish hududi bilan PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko’ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o’zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.
Test sinovi o’tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari (2025-yil 30-oktyabr):
1. QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, soat 09:00.
•Manzil: Nukus shahri, Janabazar MFY, Nukus To’rtko’l avtomagistrali shossesi, 53/2-uy
•Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal
•Bino geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CHsVFM4F
2. XORAZM VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, soat 14-30.
•Manzil: Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, «Yuqoriovul» MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy.
•Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/wygVXzewo4z74zkSA
3. BUXORO VILOYATI:
Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, soat 14-00
•Manzil: Buxoro tumani, «Bog‘idasht» MFY.
•Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman, 43-maktab.
•Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/5k8Cnn4yzQNjQ3f4A
4. NAVOIY VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo‘limi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, soat 09-00.
•Manzil: Navoiy shahar “Yoshlik” MFY.
•Mo‘ljal: Yangi bozordan Narpay markaziga qarab yurishda Metan gaz quyish shahobchasi yonida.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/tZUjupAM9JHEmy5RA
5. SAMARQAND VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, 15:00.
•Manzil: Pastdarg‘om tumani «Kamolot» mahallasi Irteshar ges ko’chasi 5-A uy.
•Mo’ljal: sobiq «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi yonida.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/BpqJm6VMmktapYQ99
6. QASHQADARYO VILOYATI:
Qarshi davlat universiteti Matematika fakulteti.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, soat 14:00.
•Manzil: Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy.
•Mo‘ljal: «Ilm Ziyo» Xususiy tibbiyot texnikumi.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/vFwS9CaM7rrA6fU98
7. SURXONDARYO VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo’limi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, 1-smena 09:00, 2-smena 10-30.
•Manzil: Termiz shahri «Tinchlik» maxallasi Shodiyona ko’chasi 1-«A» uy.
•Mo‘ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/UxekcDhjQgt5pGUd7
8. JIZZAX VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limining yangi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, soat 09:00.
• Manzili: Sh.Rashidov tumani, «Oqtosh ota» MFY, «Yangi O‘zbekiston» massivi.
• Mo‘ljal: Sayxan, M39 avtomagistralida barpo etilayotgan yangi uylar.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/zxi8CkZQ36ujLBUX7
9. SIRDARYO VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi bo’limi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, soat 15-00.
• Manzili: Guliston shahri, 4-mavze, “Buyuk kelajak” massivi.
• Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi va Guliston davlat pedagogika instituti.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/JusSEMUU3G8g92X78
10. ANDIJON VILOYATI:
Andijon davlat universiteti akademik litseyi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, 1-smena soat 08:30, 2-smena soat 10:00, 3-smena 11:30.
•Manzil: Andijon shahri, Universitet ko’chasi 129″A»-uy.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/Ezm1gbypoBCpPHaF7
11. FARG’ONA VILOYATI:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg’ona viloyati bo’limi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktyabr, soat 14:30.
•Manzil: Fargʻona shahri, Nurafshon koʻchasi, “Mustaqillik shaharchasi”.
•Mo‘ljal: “EKO shahar”
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/oeFGkbHiZJKjKxMw5
12. NAMANGAN VILOYATI:
Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktabr, 15:00.
•Manzil: Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, «Tadbirkor» MFY, Yoshlik ko‘chasi, 92-uy.
•Mo‘ljal: Yuksalish massividagi 16-qavatli uy yonida.
Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA
13. TOSHKENT SHAHRI:
Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosi.
•Testning boshlanish vaqti: 30-oktabr, 1-smena 08:30, 2-smena 10-00, 3-smena 11-30.
•Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.
•Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/NH9oiVFNbP3dGf2TA
